Vals: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Vals''' (nem. walzen — aylanmoq) — juft boʻlib, tekis harakat b-n aylanib, jadal yoki oʻrtacha tezlikda ijro etiladigan raqs. Musiqiy oʻlchovi 3/4 yoki 3/8, usuli birinchi hissadagi urgʻusi b-n ajralib turadi. 18-a.ningasrning oxirgi choragida avstriya, nemis xalq (lendler kabi) raqslari zaminida shahar sharoitida vujudga kelgan. 19-a.ningasrning boshida yangi, lirik bal raqsi sifatida butun Yevropaga tarkalgan. Ayniqsa, Y. Lanner yaratgan va ota-bola I. Shtrauslar takomillashtirgan turkum shaklidagi Vena V.lari ommalashgan. V. romans, ariyalar uchun asos boʻlib opera (Sh. Guno, J. Verdi, P. Chaykovskiy, S. Prokofev va b.), operetta (I. Shtraus, F. Legar va b.), balet (L. Delib, P. Chaykovskiy), teatr musiqasida keng qoʻllanilgan. Shuningdek, kamer musiqa asari (ayniqsa musiqiy romantizm namoyandalari F. Shubert, F. Shopen, I. Brams, E. Grig va b. ijodida), simfonik musiqa janri (M. Glinka, Ya. Sibelius, M. Ravel) sifatida rivoj topgan.
 
Oʻzbek musiqasida V. uslubidagi kuylar 1920-y.larda paydo boʻlgan (mas., Hamzaning "Hoy ishchilar" qoʻshigʻi). Keyinchalik V. janri oʻzbek bastakorlari (T. Jalilov, "Vals"; K. Jabborov, "Diyorimsan"; M. Mirzayev, "Bahor valsi" va b.) va kompozitorlari (S. Yudakov, "Karnaval valsi"; M. Burhonov, "Oq oltin" vals-syuitasi; X. Izomov, "Toshkent osmoni"; M.Leviyev, "Mahallada duv-duv ran" filmidagi V. va b.) ijodidan keng urin olgan.