Toxar tillari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.t. → {{subst:FULLPAGENAME}} (7) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Toxar tillari''' — hindevropa tillari oilasiga mansub qarindosh oʻlik tillar guruhi; "tohar A" va "toxar B" deb ataluvchi tillarni oʻz ichiga oladi (baʼzi adabiyotlarda ular "sharkiy toxar" va "gʻarbiy toxar" tillari yoki yozma manbalar topilgan joyga nisbatan "qarashar tili" va "kucha tili" deb ham ataladi). "Toxar tillari" shartli atama boʻlib, u 1907 y. nemis olimi F. Myuller tomonidan fanga kiritilgan. Uning shartliligi shundaki, Toxar tillari da soʻzlashuvchilar oʻz davrida qanday atalganligi nomaʼlum hamda ularning mil. av. toxarlar (Toxariston xalqi)ga aloqasi yoʻq. Shu bilan birga, Toxar tillari ning qad. turkiy til va sharqiy eroniy tillar bilan yaqin aloqada boʻlganligini koʻrsatuvchi dalillar ham bor.
 
Toxar tillarida (har ikkalasida) yozilgan matnlar 5—8-a.largaasrlarga mansub boʻlib, ular 19-a.asr oxiri — 20-a.asr boshlarida Sharqiy Turkiston (XXR ning Sintszyan viloyati)ning Kucha sh., Turfon va Karashar voxdlaridan topilgan. Matnlar yaratilgan davrda toxar A tili turkiyzabon xalklar hamda toxar B tilida soʻzlashuvchi xalq oʻrtasida keng isteʼmolda boʻlmagan, faqat buddaviylik ibodatlari oʻtkaziladigan yozma adabiy til xisoblangan. Toxar A tilining Turfon va Qarashar vohalaridan topilgan matnlariga toxar B tilida, shuningdek, qad. turkiyuygʻur tilida yozilgan tushuntirish belgilari shundan dalolat beradi. Toxar B tilidagi matnlar ham Sintszyanning turli hududlaridan — Kucha shaxridan, toxar A matnlari uchragan sharqiy viloyatlardan topilgan. Toxar B tilidagi ayrim qoʻlyozmalar oʻrtasida dialektal tafovutlarning mavjudligi ushbu tilning qoʻlyozmalar yaratilgan davrgacha ham keng isteʼmolda boʻlganligini koʻrsatadi.
 
Toxar tillari fonetik tizimi bir kancha undosh fonemalarning kattiklikyumshoklik ziddiyatida boʻlishi, urgʻusiz unlilarning reduksiyaga uchrashi bilan tavsiflanadi. Morfologiyasida otlarning 3 grammatik jins kategoriyasiga, 3 xil son — birlik, ikkilik, koʻplik sonlarga egaligi, 9 kelishik bilan oʻzgarishi, feʼllarning 3 shaxs, 3 xil son, 3 zamon va 4 mayl shakllariga ega boʻlishi kuzatiladi. A va B Toxar tillari tilning har bir sathida oʻzaro oʻxshashliklar bilan bir qatorda muayyan tafovutlarga ham ega boʻlgan.
 
Toxar tillari ning yozma yodgorliklari qad. hind yozuvi brahmining Markaziy Osiyoda tarqalgan alohida (qiya) shaklida bitilgan. Dastlabki yodgorlik 1892 y. Rossiyada S. F. Oldenburg tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik (19-a.asr boshidan 50y. larigacha) nemis olimlari E. Zig va V. Zigling toxar matnlarini atroflicha oʻrganib, bu tillarning hindevropa tillariga mansubligini koʻrsatib berdilar, yozma yodgorliklar toʻplamlarini nashr etdilar.
 
Anvar Ismoilov, Abduvahob Madvaliyev.