Norveg tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Lingveno (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 14:
'''Norveg tili''' — [[Hind-Yevropa tillari]] oilasidagi german tillari guruhining skandinav tillari shoxobchasiga mansub til. [[Norvegiya]]da, shuningdek, AQSH va Kanadada tarqalgan; Norvegiya Qirolligining rasmiy tili. 5 mln. dan ortiqroq kishi soʻzlashadi. Norveg tili lah-jalari gʻarbiy va sharqiy guruhlarga boʻlinadi. Norveg tili tarixi 2 davrga: qad. Norveg tili (9-asrdan 1525 yilgacha) va yangi Norveg tili (1525 yildan) davrlariga boʻlinadi.
 
1380 yildan Norvegiya Daniyaga tobe boʻlib qolishi munosabati bilan bu hududda yozma dan (dat) tili keng tarqaladi va 16-asrda rasmiy til maqomini oladi. 19a.19-asr boshlarida Norvegiyada 2 ta adabiy til vujudga keldi: riksmol (dan-norveg adabiy tili) va lans-mol (19-asr oʻrtalarida norveg tilshunosi I. Osen tomonidan adabiy tilning qad. shaklidan sunʼiy yaratilgan). 1929 yilda riksmol va lansmol rasmiy ravishda bukmol va nyunorsk (yangi norveg) atamalari bilan almashti-rilgan. Har ikkala adabiy til bir qator fonetik jihatlari bilan oʻzaro farqlanadi, ulardan bukmol nisbatan kengroq qoʻllanadi. Adabiy Norveg tilining shakllanishi va takomillashuvida 1907, 1917, 1938 ylarda imlo sohasida oʻtkazilgan islohotlarning alohida oʻrni bor.
 
Norveg tili ning qad. yozuvi runik yozuv asosida boʻlgan, zamonaviy yozuvi esa lo-tin alifbosi asosida yaratilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>