Karikatura: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k kichik o'zgarishlar, replaced: {{reflist}} → {{manbalar}}, [[File: → [[Fayl:
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 7:
K. xususiyatlari qad. davr sanʼati (Qad. Misr tasvirlari, Yunoniston vaza bezaklari, Kad. Rim freskalari)da, yapon va hind miniatyuralarida uchraydi. Ayniqsa, Uygʻonish davrida K. keng rivoj topdi (mas, Leonardo da Vinchi rasmlari). K. janr sifatida jamiyatda yuzaga kelgan keskin ijtimoiy qaramaqarshiliklarni fosh etish zaminida shakllangan (U. Xogart, F.Goyya, O.Domye va b.ning K.lari).
 
Yevropa K.si xususiyatlari ilk bor ingliz tasviriy sanʼatida shakllandi; K. uchun xos boʻlgan davrning ijtimoiy va davlat hayotidagi xalqaro siyosiy voqealarga hozirjavobligi namoyon boʻldi (mas, fransuzlarning inqilobiy, ruslarning Napoleonga bagʻishlangan xalq hajviy rasmlari). 19—20-a.larasrlar chegarasida ijtimoiy kurashning avj olishi gaz. va jur. grafikasi K. ni rivojlanishini, shuningdek, professional gaz. karikaturachilarining paydo boʻlishini taʼminladi, ular orasida mashhur yirik rassomlar ham bor edi.
 
20-a.daasrda K. ijtimoiy kuchlar munosabatlaridagi murakkabliklarni aks ettirdi; 2-Ikkinchi jahon urushi yillari u fashizmga qarshi kurashda muhim rol oʻynadi ("TASS oynasi", "Uz TAG oynasi", plakatlar, varaqalar, front gaz. lari va b.), koʻplab rassomlar shuhrat qozondi. Maxsus satirik nashrlar, kundalik gazetalar K. taraqqiyotiga va ommaviylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi. Jahon karikaturami rassomlari (X. Bidstrup, Daniya; S. Venev, Bolgariya; Kukrinikslar, Rossiya va b.) tinchlikni saqlash va uni himoya qilish mavzuida K. namunalarini yaratishdi.
 
Oʻzbekistonda satirik jur.lar (ayniqsa, "Mushtum" jur.) nashri K. janri taraqqiyotiga zamin yaratdi. Us t a Moʻmin, D. Sinitskiy, A. Osheyko, L. Abdullayev, T. Muhamedov, N. Ibrohimov va b. rassomlarning K.lari, "Oʻzbekiston" nashriyotining "Jangovar qalam" plakatlar turkumlari hayotda uchrab turadigan illatlar (poraxoʻrlik, ichkilikbozlik, xoʻjasizlik, yulgʻuchlik va b.)ga qarshi kurashda, ularni fosh etishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Mustaqillik davrida K. boqimandachilik, giyohvandlik, qalloblik, aqidaparastlik kabilarni fosh etishda dolzarb ahamiyat kasb etmokda.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>