Betaraflik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 5 y. → 5 yil (2) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Betaraflik''', neytralitet (nem. Neutralitet, lot. Neuter—u ham, bu ham emas)—1) ikki va undan ortiq tomonlarning nizo va tortishuvlariga aralashmaslik; 2) davlatning urushda va harbiysiyosiy ittifoqlarda qatnashmaslik siyosati va oʻziga xos huquqiy maqomi. B.ning quyidagi turlari mavjud: eventual B. (urush vaqtida)—davlatning bironbir urushda katnashmasligi; doimiy B. (Shveysariya, 1825 yil va Avstriya, 1955 yildan)—davlatning hech qachon urushni keltirib chiqaruvchi siyosat olib bormasligi; shartnomaviy B.; anʼanaviy B. (uzoq vaqt davomida Shvesiya amal qilayotgan B. siyosati); ijobiy B.—2-—Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda rivojlanayotgan mustaqil davlatlarning harbiy va siyosiy ittifoqlarga qoʻshilmaslik siyosati. Bironbir davlatga harbiy hujum qilingan holatda ular BMT Ustaviga muvofiq yakka yoki jamoa boʻlib, oʻzini himoya qilish huquqiga ega.
 
== Adabiyotlar ==