Devor: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Devor''' — 1) bino, uyning tomini koʻtarib turuvchi yoki xonalarga ajratuvchi tik qismi. Bino va uylarda yuk tushuvchi (yaʼni tomni koʻtarib turuvchi) D. va pardevor (yaʼni faqat xonalarni ajratib va toʻsib turuvchi)ga; ichki va tashqi D.larga boʻlinadi. D. pishitilgan loydan (paxsa D.), pishiq gʻisht va xom gʻishtdan (gʻishtin D.), tosh, shlak-beton va temirbetondan (tosh D.) qilinishi, pardevor yaxlit gips plitalardan ham koʻtarilishi mumkin. Gʻishtin D. yarim, bir, bir yarim, ikki gʻishtli qilib teriladi. D.ning qalin va yupqa, yigʻma va yaxlit, terilgan va urilgan xillari boʻladi. Har qanday D. tashqari va ichkaridan har xil usulda (somon suvoq, sement suvoq, alebastr, ganch suvoq va b.) suvab qoʻyiladi. D. koʻzli (deraza va eshik oʻrinlari tashlab ketilgan) va koʻzsiz (yaxlit) boʻladi; 2) biror narsa (mas, oshqozon, dvigatel)ning atrofini oʻrab olgan yoki boʻlimlarga ajratgan qismi (mas, oshqozon devori, silindr devori); 3) biror yerni (mas, hrvlini), hududni oʻrab olgan yoki qismlarga ajratib turgan gʻov, toʻsiq; paxsa, shox-shabba, taxta, temir-beton, gʻishtdan qilinishi mumkin; 4) qalʼa, qoʻrgʻon va shaqar (hatto biror davlat) ni urab, dushman hujumidan mudofaa qilish uchun quriladigan inshoot. Mas, 15-a.daasrda Toshkent bir necha darvozali keng paxsa D. bilan oʻralgan. 19-a.asr oʻrtalarida Toshkent beklarbegisi taʼmirlattirgan D.ning 12 darvozasi va 2 qofqasi (oʻrtacha eshigi) boʻlgan. Mil. av. 4—3- a.larda Xitoyda mudofaa devori bunyod etilgan (q. [[Buyuk Xitoy devori]]).
 
== Adabiyot ==