Doʻrmon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Adabiyot: kichik o'zgarishlar
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Doʻrmon''' — oʻzbek qavmlaridan biri. D. moʻgʻulcha toʻrt demakdir. Toʻrtta urugʻdan tashkil topgani uchun shunday atalgan boʻlishi ehtimol. D. qabilasi Abulxayrxon (1428—68), umuman Oʻzbek ulusida katta nufuzga ega boʻlgan. D.lar Oʻzbekiston, Tojikiston va Afgʻoniston hududlariga Dashti Qipchoqtn 16— 17-a.asr davomida kelib oʻrnashgan. D.lar Buxoro amirligining siyosiy hayotida faol qatnashib kelgan. Oʻzbekiston hududida D. qavmi kichik-kichik guruhlarga boʻlinib tarqoq holda yashagan. Bular, asosan, Zarafshon daryosining oʻrta oqimi, Surxondaryo viloyatidagi Qoratogʻ daryosining oʻrta oqimi, Surxon daryosining yuqori oqimlarida, Bobotogʻ etaklarida, Toshkent vohasida, qisman Xorazm viloyatida joylashgan. D. qavmining tarkibida oq qoʻyli, uvoq, uch urugʻ, koʻk chelak, noʻgʻay, gurdak, oy tamgʻali va b. boʻlinmalari boʻlgan. Markaziy Osiyoda D. atamasi joy nomlari sifatida saqlanib qolgan (maye. Toshkent sh. yaqinidagi Doʻrmon qishlogʻi va b.).
 
== Adabiyot ==