Girih: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Adabiyotlar: kichik o'zgarishlar
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 3:
Saqlanib qolgan meʼmoriy obidalar, roʻzgʻor buyumlari (barkash, obdasta, lagan, sopol idishlar, gilam, palak va b.), zardoʻzlik, kitob bezaklarida G. naqshi koʻp uchraydi. Ayniqsa meʼmoriy bezaklar orasida G. yetakchi (islimiy naqsh ikkinchi) oʻrinni egallaydi. Meʼmoriy yodgorliklardagi G.larni yasash kalitini topish koʻpincha ancha mashaqqatli mehnatni talab etadi. Naqqosh, girihshunos usta Z.Bositxonov koʻpgina (300 dan ortiq) G.larni tiklagan va ularni qurish yoʻllarini topgan, yangilarini yaratgan.
 
G.ning qachon, qayerda vujudga kelganligi nomaʼlum. Hoz. Oʻzbekistan hududidagi meʼmoriy obidalardan xususan 10-a.daasrda Arabota maqbarasi (Samarqand viloyati), Mirsaid Bahrom (Karmana), Raboti Malik karvonsaroyi (Navoiy), Juma masjidi (Xiva), 12-a.daasrda Afrosiyob (Samarqand), Termiz shoxlar saroyi, Masjidi kalon (minorasi, 12-a.asr, Buxoro), 15—16-a.lardaasrlarda Xoʻja Ahmad Yassaviy majmuasi (Turkiston), Registon maydonidagi Ulugʻbek, Sherdor, Tillakori madrasalari, Bibixonim masjidi, Shohizinda ansamblidagi koʻpgina binolar (Samarqand), Koʻkaldosh, Barokxon madrasalari, Zangiota maqbarasi (Toshkent), Xudoyorxon saroyi hamda masjidlari (Qoʻqon) bezaklarida G. naqshi koʻplab uchraydi.
 
10—11-a.lardaasrlarda faqat ganchda, 12-a.daasrda sopol buyumlar va gʻisht qalamalarida, 14-a.danasrdan koshin, parchin, yogʻoch, tosh va rangli naqshlarda uchraydi. 15-a.gaasrga kelib sopolga oʻyilgan naqshlar yuzalariga sir berish rasm boʻldi. G.ni ishlatish imkoniyatlari yana kengaydi.
 
20-a.daasrda oʻzbekistonlik Us t a Shirin Murodov, Shamsiddin Gʻafurov, Maxmud Usmonov va b. ustalar binolarni bezashda qoʻllagan G.lar oʻzining sodda va goʻzalligi, ajoyib va mukammalligi bilan ajralib turadi. G.ning bunday namunalarini Toshkentdagi Navoiy, Muqimiy teatr binolari, Oʻzbekistan xalqlari tarixi muzeyi, Xalqlar Doʻstligi saroyi, metro bekatlari va b. da koʻrish mumkin. Ayniqsa, Oʻzbekistan mustaqilligidan keyin barpo qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Buxoriy majmuasi, Oliy majlis binosi kabi yirik meʼmoriy inshootlar, jamoat (choyxona, mahalla guzarlari va b.) va xususiy binolar bezagida G. naqshning asosiy turlaridan biriga aylandi.
 
Poʻlat Zohidov.