Sharq yulduzi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k kichik o'zgarishlar
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
"SHARQ YULDUZI" - adabiy-badiiy va ijtimoiy jurnal. Muassisi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi. Toshkentda 1 yilda 4 marta nashr etiladi. Dastlab "Oʻzbekiston shoʻro adabiyoti" (1932 yil iyun—iyulda), "Sovet adabiyoti" (1935 yil, yanvar), "Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati" (1935, iyul) nomlarida chop etilgan. 2-Ikkinchi jahon urushi yillarida vaqtincha toʻxtatilgan. 1946 yildan hozirgi nomda. Sahifalarida Oʻzbekiston va chet el yozuvchilarining badiiy asarlari nashr etiladi. Adabiyot va sanʼatning muhim sohalariga bagʻishlangan adabiytanqidiy, publitsistik maqolalar ham eʼlon qilinadi.
 
Oʻzbek yozuvchilaridan Gʻ. Gʻulomning "Shum bola" qissasi, Oybekning "Navoiy" romani, A. Qahhor, M. Shayxzoda, S. Abdulla, Mirtemir, Zulfiya va boshqalarning asarlari dastlab "SH.Yu."da chop etilgan. Jur.ga turli yillarda Oybek, V. Zohidov, Uygʻun, A. Muxtor, H. Gʻulom, Mirmuhsin, Oʻ. Hoshimov, O. Muxtor muharrirlik qilgan; 2005 yildan muharriri Minhojiddin Mirzo. Adadi 1500 nusxa (2005).