Yodgorlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Yodgorlik''' — 1) keng maʼnoda — mamlakat, xalq madaniy merosining bir boʻlagi; uning tarkibiga muzeylarda namoyish etiladigan tarixiy va madaniy Yo.lar hamda qoʻzgʻalmas (bino va b.) Yo.lar kiradi. Umumiy xususiyatlariga koʻra, arxeologik, tarixiy, meʼmoriy va mahobatli sanʼat Yo.lariga boʻlinadi, shuningdek, tarixiy badiiy qimmatga ega boʻlgan yozma Yo.lar ham unga taalluklidir. Tarixiy va madaniy Yo.larni saqlash vazifasi umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlib, u maʼnaviy tarbiyaning asosiy qismini tashkil kidali; 2) tor maʼnoda — maʼlum sana, voqea va shaxslarni abadiylashtirish maqsadida yaratilgan sanʼat asari (xaykal, maqbara, qabrtoshi, ehrom, zafar toki va h. k.); ularga faol ijtimoiy taʼsir etish xos boʻlib, bu ularning gʻoyasida, qoʻyilishi va shakliy talqinida namoyon boʻladi. Yo. umum omma diqqatiga moʻljallangan hamda atrof muhitni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Qad. kishilik jamoalarida yaratilgan dafn inshootlari (megalit va qoʻrgʻonlar), keyinroq obelisk, ehrom va h. k. Yo.ning ilk namunalaridir. Keyingi davrlarda maqbara va qabrtoshlar koʻpincha Yo. vazifasini oʻtagan, ularda dafn va liniy vazifadan koʻra memorial Yo. vazifasi ustunlik qilgan. Mujassamotli Yo.lar antik sanʼatda yaratila boshlangan: maʼjoziy yoki portret, haykal va haykallar guruhi, chavandozlar haykallari, stela, zafar toki va zafar ustunlari katori va b. Yo.lar muqaddas qisoblangan joylarda, mil. av. 6a.dan6-asrdan shahar markazlarida bunyod etilgan. Koʻp mamlakatlarda ulugʻ ishlar diniy inshootlarda abadiylashtirilgan. Dunyoviy Yo.lar yaratish anʼanasi Italiyada Uygʻonish davrida vujudga kelgan. Barokko va klassitsizm davrida shaharsozlikda muhim oʻrin tutgan, ampir davrida meʼmoriy Yo. barpo etish keng tarqalgan. 18a.18-asr 2yarmidan jamoat arboblari va buyuk shaxslarga Yo. oʻrnatila boshlandi, 19a.19-asr oxiri va 20a.20-asr boshida bir qator yirik koʻlami bilan diqqatga sazovor monumentlar yuzaga keldi. 20a.da20-asrda meʼmoriy va meʼmoriy haykaltaroshlik Yo. majmua (memorial inshoot)larp alohida dolzarbligi bilan ahamiyat kasb etdi. Maʼjoziy va portret shakllaridan xoli mayda meʼmoriy shakllarga yaqin yangi tasviriy boʻlmagan Yo. turi paydo boʻldi, Yo.lar mamlakat tarixiy solnomasining obrazli talqinini hosil qildi. Dastlab shakl jihatdan kichik boʻlgan Yo.lar dastgoh haykaltaroshligiga yaqin boʻlgan, 30y.lardan shahar ansambli va atrof muhit manzarasi bilan uygʻunlikni yuzaga keltiradigan mahobatli qoʻshimcha obrazlar yordamida asosiy gʻoyani ifodalovchi koʻp shaklli mujassamotli Yo. yaratila boshlandi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==