Tomas Gobbs — versiyalar orasidagi farq

qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
k (un-t → universitet)
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3))
GOBBS (Hobbes) Tomas (1588.5.4, Malmsberi — 1679.4.12, Harduik) — ingliz faylasufi. Ruhoniy oilasida tugʻilgan. Oksford universitetini bitirgan (1608). G. dunyoqarashi 17-a.asr ingliz inqilobi taʼsirida shakllandi. Falsafada G. zamonasidagi tabiatshunoslik bilan bogʻliq mexanistik materializm tarafdori boʻlgan. U geometriya va mexanikani ilmiy tafakkurning ideal namunasi, deb bilgan. Tabiatii katta-kichikligi, shakli, oʻrni va harakati (joyini oʻzgartirishi) bilan farqlanuvchi jismlar majmui, deb hisoblagan. G. faqat real jismlar mavjud, qolganlari toʻqib chiqarilgan tasavvurlardir, deydi. Uning tafakkurni fikr qiluvchi materiyadan ajratib boʻlmaydi, degan qarashi muqimdir. G. inson aklidagi tushuncha dastlab sezgi aʼzolarida qisman yoki toʻla vujudga keladi deb, empirik bilish nazariyasi mavqeida turgan.
 
G. fikricha, davlat paydo boʻlguncha xususiy mulkchilik boʻlmagan. Kishilar birbirini oʻldirib qoʻymasliklari, talamasliklari uchun kelishilgan holda, ayrimlarning huquqini cheklash maqsadida davlat kelib chikdi. G. mutlaq monarxiyani davlatning eng yaxshi shakli desada, inqilobiy tamoyillarga ham oʻrin bergan.
6 807

ta tahrir