Sadoyi Turkiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.da → shahrida, y.da → yilda, va b. → va boshqa using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 3:
"S.T." V. M. Ilinning xususiy bosmaxonasida, har bir soni oʻrtacha 1000 nusxadan chop kilingan, obuna va chakana savdo yoʻli bilan tarqatilgan. Gaz.ni haftada 2 marta chiqarish koʻzlangan boʻlsada, ammo bunga erishilmagan. Gaz. haftada 1 marta 4 sahifada bosilgan.
 
Gaz. tahririyatining oʻzagini 20-a.asr boshidagi oʻzbek maʼrifatparvar adabiyoti va publitsistikasining yetakchi namoyandalari Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Muzaffarovlar tashkil etgan. Ular bosh muharrir U. Asadullaxoʻjayevga gaz. faoliyatini yoʻlga qoʻyishda faol koʻmaklashganlar. Gaz. qiyofasini belgilaydigan asosiy maqolalarni ham shular yozishgan. "S. T." da davrning Toʻlagan Xoʻjamyorov (Tavallo), Abdulhamid Sulaymonov (Choʻlpon), Hamza Hakimzoda Niyoziy, Mirmuhsin (Shermuhamedov), Abdulla Qodiriy, Xolid Sayd, Saidnosir Mirjalilov, Moʻminjon Muhammadjonov, Abdulla Ergʻoziyev, Noʻshiravon Yovushev, Siddiqiy, Lutfulla Olimiy, Ibrohim Davron, Shokirjon Rahimiy kabi millatparvar adib va ziyolilari faol hamkorlik qilganlar.
 
Turkistonning maʼnaviy-maʼrifiy yuksalishiga koʻmaklashish maqsadida chiqarilgan bu gaz.da milliy taʼlimni zamonaviylashtirish, millat dardini aks ettiruvchi adabiyot va sanʼat yaratish, millat ongini yuksaltirishga xizmat qiluvchi matbuotni rivojlantirish, ayollarni ijtimoiy hayotga jalb qilish, axloqiy tarbiyani kuchaytirish va boshqa davr uchun dolzarb muammolar keng yoritilgan.