Oliy oʻquv yurtlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 15:
1929 yil Oʻrta Osiyo davlat universiteti negizida bir qator O.oʻ.yu. tashkil etildi. Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjalik instituti (q. [[Toshkent agrar universiteti]]), Oʻrta Osiyo Paxtachilik va irrigatsiya politexnika instituti (q. [[Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti]]), Oʻrta Osiyo energetika, Oʻrta Osiyo geolo-razvedka (bular keyinchalik Toshkent texnika universitetining fakultetlariga aylantirilgan) va Oʻrta Osiyo qurilish (q. [[Toshkent meʼmorlik va kurilish instituti]]) singari O.oʻ.yu. tashkil topgan. 1931 yil Oʻrta Osiyo davlat universiteti asosida To-jikiston Qishloq xoʻjaligi, Oliy ped., Turkmani-ston Zooveterinariya institutlari, Oʻrta Osiyo tibbiyot instituti, Oʻrta Osiyo Plan instituti (q. [[Toshkent iktisodiye’t univer-siteti]]) tashkil etildi. Oʻrta Osiyo respublikalaridagi 15 oliy oʻquv yurti va oʻnlab i.t. muassasalari SAGUdan ajralib chiqqan. 20-asrning 30—40-asrlarida Oʻzbekistondagi koʻplab O.oʻ.yu. Oʻrta Osiyo miqyosida ish koʻrganligi diqqatga sazovordir. Ularda tegishli sohalar boʻyicha faqat mamlakatimizga emas, balki butun Oʻrta Osi-yoga oliy malakali kadrlar yetishtirib berilgan. Shu tariqa, Oʻzbekiston qar-dosh mamlakatlarni oliy maʼlumotli mutaxassislar bilan taʼminlash va u joylarda O.oʻ.yu. tizimini yaratishning oʻziga xos oʻchogʻi boʻldi.
 
2-Ikkinchi jahon urushigacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda bir nechta O.oʻ.yu. tashkil etildi. 1932 yil Oʻrta Osiyo Temir yoʻl injenerlari instituti (q. [[Toshkent temir pul transporti muhandislari instituti]]), Samarkand qishloq xoʻjalik instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Oʻrta Osiyo Sovet qurilishi va huquqi instituti (q. [[Toshkent yuridik instituti]]), 1935 yil Toshkent ped. instituti (q. [[Toshkent pedagogika universiteti]]), 1936 yil Toshkent konservatoriya-si, 1937 yil Toshkent farmatsevtika instituti tashkil topdi.
 
1940/41 oʻquv yilida Oʻzbekistonda 30 oliy oʻquv yurti boʻlib, ularda 19061 talaba oʻqigan. 2-Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekistondagi O.oʻ.yu. faoliyati izdan chiqdi. Talabalarning asosiy qismi frontga chaqirilgani, oliy taʼlimni mablagʻ bilan taʼminlash nihoyatda ogʻirlashgani uchun ham O.oʻ.yu. da oʻqiydiganlar miqsori keskin kamaydi. Buning salbiy oqibatlari urushdan keyingi yillarda ham yaqqol se-zilib turdi. Natijada, moddiy-texni-ka hamda oʻquv-ilmiy bazasi nochorla-shib krlgan bir qator institutlar yirik O.oʻ.yu.ga (mas, ayrim ququq va ped. institutlari universitetlarga, oʻqituvchilar institutlari ped. institutlariga) qoʻshildi.
 
Mustaqillik arafasida Oʻzbekistonda 41 oliy oʻquv yurti boʻlib, ulardan 3 tasi universitet (ToshDU, SamDU va 1976 yil tashkil etilgan Krraqalpogʻiston universiteti), 15 tasi ped. instituti, 7 tasi texnika instituti, 3 tasi iqtisod instituti, 5 tasi tibbiyot instituti, 4 tasi qishloq xoʻjaligi instituti, 3 tasi sanʼat instituti, 1 tasi jismo-niy tarbiya va sport instituti boʻlgan.