Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Jut''' ({{bt|Corchorus}}), Kalkutta kanopi — joʻkadoshlar [[oila (biologiya)|oila]]siga mansub [[lub tolali ekinlar|lub tolali]] [[bir yillik oʻsimliklar|bir yillik oʻsimlik]], tola olinadigan ekin. [[Vatan]]i — [[Hindiston]]. [[Osiyo]], [[Afrika]], [[Janubiy Amerika|Jan. Amerika]] va [[Avstraliy]]aning [[tropik mintaqalar|tropik]] va [[subtropik mintaqalar]]ida oʻsadigan 100 ga yaqin [[tur (biologiya)|tur]]i bor. Asosan Osiyo mamlakatlarida tolasi uchun bir yillik 2 turi — choʻziq mevali J. ({{bt|S. olitorius}}) va yirik meva-li J. ({{bt|S. capsularus}}) [[ekinlarni ekish|ekiladi]]. Oʻzbekis-tonda 20-a.ningasrning 30-y.laridan choʻziq mevalisi oʻstiriladi.
 
[[Poya]]si toʻgʻri oʻsadi, yashil rangda, boʻyi 2,5—3,5 m; uchki qismi shoxlanib, uch-toʻrtta meva shoxcha hosil qiladi. [[Ildiz (oʻsimlik)|Ildiz]]i oʻq ildiz, shoxlangan, yerga 1 — 1,5 m gacha kirib boradi. [[Barg]]lari ketma-ket joylashgan, uzun bandli, nash-tarsimon, arra tishli. [[Gul]]i mayda, ikki jinsli, sariq. Mevasi qovurgʻali [[koʻsakcha]], choʻziq, 5—10 sm, yirik mevalisiniki 1—2 sm. [[Urugʻ (oʻsimliklar)|Urugʻ]]i mayda, uch qirrali, toʻq yashil, sargʻish-jigarrang yoki toʻq jigarrang , 1000 donasining vazni 1,5—2 g . Urugʻida 14% gacha [[moy]] bor. Tolasi [[uzunlik|uz.]] 2–3 m. J. oʻzidan [[changlanish|changlanuvchi]] namsevar, [[yorugʻsevar oʻsimliklar|yorugʻsevar]], issiqsevar, sovuqqa chidamsiz oʻsimlik. Urugʻi 16—18° da normal unib chiqadi. [[Vegetatsiya davri]] 140—160 kun. J. [[kanop]]ta Karaganda, ayniqsa oʻsish davrida, suvga juda talabchan. [[Sur tuproqlar|Sur]], [[oʻtloqi tuproqlar|oʻtloqi]] va [[botqoqi-oʻtloqi tuproq|oʻtloqi-botqoqi tuproqlar]]da yaxshi usadi, shoʻrga chidamsiz.