Saksofon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar) (2) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Saksofon''' (ing. saxophone) — puflama tilchali musiqa cholgʻu asbobi. Belgiyalik musiqa cholgʻulari ustasi A. Saks ixtiro kilgani (1841) uchun uning nomi bilan atalgan. Turli (jez, rux va boshqalar) metallar qorishmasidan tayyorlanadi. Mundshtugi yakka tilli. Chalgʻichbarmoq teshiklari klapanlar bilan berkitiladi. Asosan, 7 turi (sopraninodan kontrabasgacha) mavjud. Yorkin, kuchli va shirali tovushi, keng texnik (virtuoz) imkoniyatlarga ega boʻlgan S. jaz musikasida asosiy cholgʻulardan hisoblanadi. Puflama sozlar orkestri, estrada orkestri, baʼzida simfonik va opera orkestrlari tarkibiga kiradi. Yakkanavoz konsert musiqa cholgʻusi sifatida ham foydalanilmoqda (K. Debyussi, Rapsodiya; A. Glazunov, S. va torli orkestr uchun konsert va boshqalar).
 
Oʻzbekistonga 19-a.ningasrning oxirgi choragida rus harbiy orkestrlari bilan birga kirib keldi. Hozirda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlar orkestrlari, turli estrada orkestr va ansambllari tarkibidan oʻrin olgan. 1990 y. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida, keyinchalik, musiqa kollejlarida S. sinfi ochilgan. Sh. Esonboyev, B. Shukurov, Yu. Jivayev, B. Murtazoyev, Yu. Gulzarov kabi S. ijrochilari tanilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==