Ilya Erenburg: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k PlanespotterA320 Erenburg Ilya Grigoryevich sahifasini Ilya Erenburgga koʻchirdi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Ilya Grigoryevich Erenburg''' [1891.14(27).1, Kiyev 1967.31.8, Moskva] — rus yozuvchisi. 1908 yil oxiridan boshlab Parijda muhojir boʻlib yashagan. Adabiy ijod bilan shugʻullanib, "Men yashayapman" (1911), "Oddiy kunlar" (1913), "Bolalik" (1914), "Arafa haqida sheʼrlar" (1916) sheʼriy toʻplamlarini nashr etgan. 1917 yil Fevral inqilobidan keyin Moskvaga qaytib kelgan, ammo Oktyabr toʻntarishini qabul qilmagan. Uning shu davr va 20- yillar voqeligidan olgan taassurotlari "Rossiyani duo qilib" (1918), "Alanga" (1919), "Arafa", "Oʻylar" (1921), "Xorijdagi oʻylar", "Nurab borayotgan muhabbat" (1922) va boshqalar toʻplamlarida oʻz aksini topgan.
 
E. 1921 yilda Berlinga muhojirlikka ketib, "Xulio Xurenito va shogirdlarining gʻayrioddiy sarguzashtlari" (1922), "Ikkinchi kun" (1933), "Parijning ishgʻol etilishi" (1940) va boshqalar romanlarini yozgan. 2-Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy muxbir sifatida eʼlon qilgan maqolalari bilan shuhrat qozongan. E.ning "Boʻron" (1946—47), "Poʻrtana" (1951—52) romanlari va "Iliqlik" (1954—55) qissasida urushdan keyingi xalqaro maydonda, shu jumladan, sovetlar mamlakatida kechgan siyosiyijtimoiy voqealar badiiy mujassamlantirilgan. E.ning 6 kitobdan iborat "Odamlar, yillar, hayot" (1961—65) memuar asarida 20-asr tarixining yozuvchi guvoh boʻlgan sahifalari tasvir etilgan.
 
E. 50- yillardagi "sovuq urush" yillarida tinchlik uchun olib borilgan xalqaro harakatda Jahon Tinchlik Kengashi vitseprezidenti sifatida faol qatnashgan. Asarlari jahondagi koʻplab tillarga tarjima qilingan.