Shandun: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi (2), Mayd. → Maydoni, va b. → va boshqa using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Shandun''' — Xitoyning sharqiy qismidagi provinsiya. Shandun o. va qisman Buyuk Xitoy tekisligida, Xuanxe daryosining quyi qismida joylashgan. Sariq dengiz va uning Boxayvan qoʻltigʻi suvlari urab turadi. Maydoni 153 ming km². AxolisiAholisi 88,4 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Szinan sh. Iklimi moʻʼtadil, mussonli iqlim. Daryo koʻp, asosiy daryolari — Xuanxe, Veyxe. Koʻllardan Dunpinxu va Dushanxu Buyuk kanal bilan bogʻlangan. Sh. — mamlakatning iqtisodiy jihatdan rivojlangan, muqim industrial rni. Konchilik rivojlangan: toshkoʻmir, neft, temir rudasi, boksit, grafit, tuz qazib olinadi. Neftni qayta ishlash — yetakchi sanoat tarmogʻi. Szinan va Sindao sh. larida yirik kora metallurgiya zdlari, Sindaoda alyuminiy zdi bor. Mashinasozlik koʻp tarmokli: elektr jihozlari, vagonlar, toʻqimachilik va qishloq xoʻjaligi mashinalari i.ch., kemasozlik va boshqa rivojlangan. Kime, qogʻozsellyuloza, ip gazlama, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud.
 
SH. — mamlakatning muhim qishloq xoʻjaligi rayoni. Asosiy ekini — bugdoy, shuningdek, dukkaklilar, tariq, sholi, gaolyan, makkajoʻxori, batat, texnika ekinlaridan paxta, yer yongʻoq, tamaki, kanop ekiladi. Mevali bogʻ va tokzorlar bor. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, eshak, qoʻy va echki, yilqi boqiladi. Parrandachilik rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. Xuanxe, Syaotsinxe daryolarida, Buyuk kanalda kema qatnaydi. Yirik portlari: Sindao, Yantay, Veyxay, Lunkou va Shidao. Sindao dengiz kurorti bor.
 
SH. hududida Lunshan neolit davri madaniyati buyumlari topilgan. Mil. av. 8—3-a.lardaasrlarda hudud Si va Lu podshohliklari tarkibida boʻlgan. Sh. — xitoylik faylasuflar Konfutsiy va Menszining vatani. 17-a.ningasrning oʻrtalaridan Xitoyning Sh. provinsiyasi.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->