Karyer: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Karyer''' (lot. quadraria — tosh maydalanadigan joy) — foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib oladigan korxona; yer qaʼridan foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda hosil boʻladigan chuqurliklar majmui. K. bir nechta pogʻona tizimlaridan iborat boʻlib, odatda, yuqoridagi pogʻonalar puch togʻ jinslarida joylashadi, pastki pogʻonalarda foydali qazilma qazib olinadi. Foydali qazilmani qazib olish uchun puch (qoplama) togʻ jinslarini surib ochiladi.
 
Ochiq usulda foydali qazilmalarni qazib olish qad.dan maʼlum. Dastlabki katta K.lar Qad. Misrda ehromlar bunyod etilishi bilan bogʻliq boʻlgan, keyinchalik K.larda bunyodkorlik va haykaltaroshlik ishlari uchun marmar toshlari katta hajmda qazib olingan. 20-a.asr boshigacha ochiq kon ishlari keng rivojlangan. Asrning oxiriga kelib dunyoda qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan togʻ jinslarining qariyb 95%, foydali qazilmalarining 70%, qoʻngʻir koʻmirning 90%, toshkoʻmirning 20% K.lardan qazib olingan. Katta K.larda yiliga oʻnlab million tonna foydali qazilma va puch togʻ jinslari qaziladi. Jahondagi eng katta K.lar: "Bogatir" (Qozogʻiston) — yiliga 50 mln.t dan ortiq toshkoʻmir va 25 mln.m3 qoplama togʻ jinslari, "Maunt-Rayt". (Kanada) — 45 mln. t temir rudasi va 25 mln.t qoplama togʻ jinslari, "Fortuna" (Germaniya) — 42,6 mln.t qoʻngʻir koʻmir va 89,2 mln.m3 qoplama togʻ jinslari qazib chiqariladi. Oʻzbekistonda "Muruntov" oltin qazib oladigan K. bor. Yillik unumdorligi 45 mln.m3. Uz. 3500 m, eni 2500 m, chuq. 300 m. Loyihada 600 m gacha chuqurlashtirish koʻrsatilgan. "Qalmoqqir" K.ning yillik unumdorligi 24 mln.m3 boʻlib, tarkibida mis, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, pyx, reniy, osmiy mavjud boʻlgan ruda qazib olinadi. "Angren" K.ida yiliga 3 mln. t atrofida qoʻngʻir koʻmir va kaolin qazib olinadi. Oʻzbekistondagi 36 marmar va 21 granit K. larda yiliga 2,3 mln.m3dan ortiq (2001) qoplama toshlar va millionlab m3 ohaktosh qazib olinadi. Marmar qazib olinadigan Gʻozgʻon, Jom, Zarband va Nurota K.lari, granit chiqadigan Langar va Sevasoy K.lari mashhur. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==