Soʻfi Olloyor: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Shuningdek qarang: {{DEFAULTSORT:Olloyor, Soʻfi}}
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 28:
SO.ning shoh asari "Maslak ulmuttaqin" boʻlib, 12 ming bayt, 135 ta kattakichik bobdan iborat. Ilohiy maʼrifatning badiiy talkiniga bagʻishlangan bu asar el orasida shuxrat tutganidan soʻng doʻstu yaqinlari undan turkiy tidda ham shunday bir kitob yozishni iltimos kiladilar. Bunta javoban u "Maslak ulmuttaqin"ni birmuncha qisqartirib, oʻzbek tilida nazmda bitgan va universiteta "Sabot ulojizin" deb nom bergan. Oʻzbek falsafiy didaktik adabiyotining yetuk namunasi boʻlmish ushbu asarda tasavvuf taʼlimotining maʼnaviyaxloqiy masalalarini keng yoritish bilan u turkiy tasavvuf adabiyoti rivojiga katga hissa koʻshgan.
 
Asarlarida islom ahkomlari, tariqat talablari, insoniy komillik shartlarini birmabir taʼriflab bergan. Axloqiytaʼlimiy ahamiyati jihatidan, xususan, "Maslak ulmuttaqin" va "Sabot ulojizin" asarlari maktab va madrasalarda asosiy dareliklar qatorida oʻqitilib kelgan. Uning diniytasavvufiy ruxdagi pandu hikmatga yoʻgʻrilgan asarlari nafaqat Turkiston, balki Qashqardan tortib Etel (Volga), Yoyiq (Ural) daryolari vohalari, Hojitarxon (Astraxan), Bulgʻor, Orenburg va boshqa mintaqalarda yashovchi xalqlar orasida ham keng tarqalgan. Ular koʻp nusxalarda koʻchirilgan. 19-a.ningasrning oxirlariga kelib esa Toshkent, Qozon, Boku, Istanbul va boshqa shaharlarda toshbosma yoʻli bilan bir necha marta bosilib chiqqan.
 
Soʻfi Olloyor asarlari koʻplab xorijiy tillarga tarjima qilingan, ularga bagʻishlab sharhlar yozilgan, lugʻatlar tuzilib, u qoʻllagan tasavvufiy istilohtimsollar keng sharhlangan.