Saʼdiy Sheroziy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 25:
Sharq xalqlari orasida Shayx Saʼdiy nomi bilan mashhur. Otasi Sheroz otabegi Saʼd binni Zanjiyning mulozimlaridan boʻlgan. Otadan yosh yetim qolgan S. boshlangʻich maʼlumotni tugʻilgan shahri Sherozda olgach, tahsilni xalifalikning poytaxti, ilm va madaniyat markazi boʻlgan Bagʻdodda davom ettirgan. "Nizomiya" va "Mustansiriya" madrasalarida diniy, filologik, tabiiy va aniqfanlarni oʻrgangan. Oʻz davrining dongdor mutasavvifi va faylasufi Shahobiddin Suhravardiy hamda yirik ilohiyotshunos Abdulfaraj Abdurahmon ibn Jazviy qoʻlida tahsil olgan.
 
Madrasani tugatgan S. Sharq mamlakatlari boʻylab 20 yillik sayohati davomida, Kichik Osiyo ya.o., Misr, Xuroson, Sharqiy Turkiston, Hindiston kabi mamlakatlarni baʼzan ulovda, baʼzan piyoda kezib chiqqan. Qiyinchiliklar bilan kechgan bu sayoxatlarida S. hayot ilmini chuqur oʻrganib, inson feʼlini butun murakkabligi bilan anglab, oʻz davrining koʻpni koʻrgan donishmand kishisi boʻlib yetishgan. 13-a.asr oʻrtalarida Sherozga kaytib kelgan S. dunyo tashvishlaridan oʻzini chetga olib, shahar chekkasidagi shayx Abu Abdulloh Hafif xonaqosida faqirona hayot kechirgan.
 
[[Fayl:Aramgah-e-saadi shiraz.jpg|thumb|Sheroz shahridagi Sa'diy maqbarasi]]
Qator 31:
== Asarlari ==
 
Fors-tojik adabiyotida S. maqomi juda yuksak. Xususan, Damashqda "Boʻston" ("Saʼdiynoma", 1257) va Sherozda "Guliston" (1258) asarlarini yozgan va sherozlik hukmdor Abubakr ibn Saʼd (1226—60) ga takdim qilgan. S. gʻazalni mustaqil janr darajasiga koʻtargan. U gʻazalchilikdagi oʻzigacha olib borilgan tajribalarni rivojlantirib, takomilga yetkazgan, keyin bu janrni Hofiz Sheroziy yuksak choʻqqiga olib chiqdi. S. gʻazallari 4 devondan iborat boʻlib, ular "Tayyibot" ("Latif gʻazallar"), "Badoyeʼ" ("Yangi gʻazallar"), "Xavotim" ("Xotima gʻazallar") va "Gʻazaliyoti qadim" ("Eski gʻazallar")dan iborat. S 2 tilda yoziladigan sheʼr turi — mulammaʼ (shiru shakar)ning ham asoschisi. Arab tilini yaxshi bilganligidan u arabcha misra va baytlarni forsiy bilan uygʻunlashtirib, ushbu shaklni ixtiro qilgan. S. tarjeʼband janrini ham rivojlantirgan. S. fors-tojik badiiy nasrining ham asoschisi hisoblanadi. Ungacha faqat maktublar, hujjatlar, ilmiy va tasavvufiy asarlar, adabiy harakterdagi tarixiy lavhalargina nasrda yozilgan. Bundan tashqari, shoirning "Sohibiya" asari, arabcha va forscha qasidalari, qitʼa, ruboiy va fardlari ham mashhur. Uning asarlari oʻsha davrda yaratilgan 2 "Kulliyot"i orqali saqlangan. Biri shoir vafotidan 37 y. soʻng Ali binni Ahmad binni Abubakr Besutun gomonidan tuzilgan "Kulliyot" boʻlib, 19 boʻlimdan iborat. Kitobning kirish qismida toʻplovchi "Kulliyot" ustida 7 y. ishlaganligini, koʻpchilikning maslahati va yordami bilan bu ishni amalga oshirganini yozadi. Ikkinchi "Kulliyot" 13-a.gaasrga oid boʻlib, kim tomonidan toʻplanganligi yozilmagan. Shu 2 manba asosida Eron olimi Muhammadali Furoʻgʻiy S. "Kulliyot"ini nashr ettirgan (1941). "Kulliyot"ga, diniyfalsafiy, nasriy asarlardan tashqari, "Guliston", "Boʻston", "Arab qasidalari", "Fors qasidalari", "Tarjibband", shuningdek, 4 devoni kiritilgan. Asar 18 boʻlimdan iborat boʻlib, 10 dan ortiq janrdagi asarlarni oʻz ichiga oladi.
 
Bir umr xalq ichida yashagani, hayotning butun achchiqchuchugini totgani uchun ham S. asarlari boshqa Sharq shoirlaridan hayratlanarli darajada hayotiyligi bilan alohida ajralib turadi. "Boʻston" va "Guliston" hayotiy hikoyatlardan tashkil topgani, donishmand shoirning bu hikoyatlar soʻngida qissadan hissa tarzida keltirgan sheʼrlari real turmushdan chiqarilgan xulosalar ekanligi bilan jahon ilmu adab ahlini birday oʻziga tortib kelmoqda. BMT ning Tinchlik Kengashi binosi peshtoqiga "Guliston"dan olingan quyidagi misralar bitilgan: "Odam bolalari ibtidoda bir gavhardan bino boʻlganlari tufayli yaxlit bir vujud kabidirlar. Binobarin, zamon uning bir aʼzosiga jarohat yetkazsa, boshqa aʼzolari ham oʻz tinchini yoʻqotadi".
Qator 49:
 
 
S. oʻzidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. Shoir asarlari qadimdan oʻzbek xalqi orasida ham mashhur. "Boʻston" va "Guliston" madrasalarda asosiy darsliklar qatorida oʻqitilib kelgan. Navoiy "Devoni Foniy"da S. gʻazaliga 22 ta tatabbuʼ qilgan. Navoiyning "Mahbub ulqulub", Avloniyning "Turkiy guliston" asarlari bevosita S. taʼsirida yaratilgan. "Guliston" 1390—91 yildayoq Sayfi Saroyi tomonidan "Gulistoni bitturkiy" nomi bilan oʻzbek tiliga ijodiy tarjima qilingan. 19-a.asr 2-yarmida Ogahiy, 1909 y. Murodxoʻja domla, shuningdek, Sidqiy Xondayliqiy, Gʻafur Gʻulom, Muinzoda, Shoislom Shomuhamedov, Rustam Komilovlar oʻzbek tiliga tarjima qilganlar. "Boʻston" asari Chustiy tarjimasida nashr etilgan.
 
1958 y. Butunjahon Tinchlik qoʻmitasining qarori bilan "Guliston"ning 700 y.ligi xalqaro miqyosda keng nishonlangan.