Gerb: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Gerb''' (polyakcha — "herb", nem. "Erbe" — "meros" soʻzidan olingan) — bironbir mamlakat yoki hududiing siyosiy va tarixiy harakterdagi gʻoyalari majmuasini, oʻziga xos tabiiy va xoʻjalik xususiyatlari, tabaqaviy tafovutlarini, shaxs, urugʻ va b.ning shajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgi. G.lar quyidagi tur va toifalarga boʻlinadi: davlat G.lari; shahar, viloyat, gubernya va b.ning G.lari; korporatsiya (oʻrta ayerlardagi sex, gildiya va birodarlik)larning G.lari; urugʻlarning G.lari. G.lar rangi, shakllari, rasmlari bilan oʻzaro farqlanib, maxsus qoidalarga binoan ishlanadi va maxsus terminlar bilan tavsiflanadi. G. antik davrlarda paydo boʻlgan. Shumer davlatining G.ida sher boshli burgut, Qad. Rim davlati G.ida burgut tasvirlangan. Amir Temir davlatining ham G.i boʻlgan. Bu G.da 3 halqa tasvir etilgan boʻlib, bu Amir Temurning 3 iqlimda, yaʼni Shim., Jan. va Gʻarbda hukmron ekaniga ishoradir. Oʻrta asrlarda koʻpgina shaharlar oʻz G.iga ega boʻlgan. Venesiya G.ida qanotli sher tasvir etilgan. Gʻarbiy Yevropada G.lar urugʻ, merosxoʻrlik belgilari sifatida salb yurishlari davri (11-12-a.larasrlar)da yuzaga kelgan. Keyinchalik bayroqlar, qogʻoz pullar, muhrlar, qogʻozlarda G.larning tasviri tushirila boshlandi. G. va ularning tarixi bilan geraldika fani shugʻullanadi (yana q. Davlat gerbi).
 
== Adabiyotlar ==