Somiylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: vakt → vaqt, va b. → va boshqa (2) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Somiylar''', semitlar [qad. Yahudiycha Shem yoki Sim (Som) — Nugʻ oʻgʻillaridan birining nomi] — 1) Old Osiyoda oʻz davlatlarini barpo etgan va som tillarinmt ajdodi boʻlgan tillarda soʻzlashgan qad. xalqlar (hozirgi S.ning otabobolari); 2) som tillari oilasiga kiradigan tillarda soʻzlashadigan qad. va hozirgi xalqlar.
 
"S." termini fanga 18-a.ningasrning 80y.larida nemis olimlari A. L. Shlyotser va I. G. Eyxgorn tomonidan kiritilgan. "Bibliya"nknt "Qadimiy ahd" qismida bir qancha xalqlar afsonaviy shajara asosida umumiy nom bilan "Sim oʻgʻillari" deb atalgan. Biror xalqni S.ga kiritishning asosiy sharti som tillarida soʻzlashganligi (yoki soʻzlashishi) dir. Som tillari somx,om tillari oilasining bir tarmogʻini tashkil etadi. S. til jihatidan qad. misrliklarga qardoshdir.
 
Fandagi maʼlumotlarga koʻra, S.ning ajdodlari qadimda Saxroi Kabirning shim. da yashagan deb taxmin qshshnadi. U yerdan taxminan mil. av. 5ming yillik boshlarida iqlim sharoitlarining keskin oʻzgarishi natijasida sharqqa qarab siljigan boʻlsalar kerak.
Qator 7:
Eng keng tarqalgan fikrlarga koʻra, mil. av. 4ming yillik oxiri — 3ming yillik boshlarida S. katta guruh (Sharqiy va Gʻarbiy)ga boʻlingan (tilga qarab). Sharqiy (shim.sharqiy) guruh Jan. ikki daryo oraligʻining shim. qismida joylashadi va shumerlar bilan qoʻshiladi (mil. av. 3ming yillik boshi). Bu guruh vakillari akkad tilida soʻzlashgan. Mil. av. 3ming yillik oʻrtalarida akkadliklar Jan. ikki daryo oraligʻining jan. qismlariga kirib boradi, soʻngra S.ning shim.sharqiy guruhi tili shumer tilini siqib chiqaradi. Bu guruhning keyingi takdiri Akkad, Ossuriya, Bobil tarixi bilan bogʻliq.
 
S. ning Gʻarbiy guruhi, oʻz navbatida, 2 yoki 3 guruxga boʻlinadi. Shim.gʻarbiy guruhi Falastin, Suriya, Shim. ikki daryo oraligʻiga 2 marta kelib joylashgan boʻlib, uning vakillari amoriylar va xanaanlar, keyinchalik finikiylar va yahudiylar (mil. av. 2ming yillik oxiridan) va S.ning alohida guruhi — arameylar boʻlgan; arameylarning alohida qabilalari (xaldeylar) Jan. ikki daryo oraligʻiga siljigan va hattoki Tigr daryosi boʻylarigacha kirib borgan. S.ning 3(jan.somiy) guruhi mil. av. 2-ming yillikda Arabiston ya. o. hududini egallagan. Shu guruxning bir qismi u vaqtda Jan. Arabistondagi qad. davlatlar (Mayna, Saba, Kataban, Xadramaut)ning aholisi (mainliklar, xadramautliklar, sabeyliklar, katabanliklar)ni tashkil etgan. Bu guruh vakillari mil. av. 1ming yillikda Efiopiya (Habashiston)ga tarqalgan boʻlishi ehtimol. Jan. S.ning shim. guruhi mil. av. 2 va 1 ming yillikda lixyoniylar, samud va boshqa dan iborat boʻlgan, mil. av. 1ming yillik boshlarida ular bir umumiy nom bilan arablar deb atalgan. Arablarning Arabiston ya. o. dan boshqa mamlakatlarga chiqishi (mil. 7-a.asr) S. ning keng miqyosda tarqalishidan biri hisoblanadi. Hozir somiy tilida soʻzlashadigan xalqlarga: arablar, Jan. Arabistonda yashaydigan Janubiy S.ning jan. kichik guruxi avlodlari (maxri va shaxrilar, Sokotra o. axoliyey), Efiopiyada yashaydigan amhara va boshqa xalqdar, Isroil yaxudiylari, suriyaliklar kiradi.
 
Ad.:Dyakonov I.M., Semitohamitskiye yaziki, M., 1965; Krachkovskiy I. Yu., Ocherki po istorii russkoy arabistiki, Soch., t. 5, M.—L., 1958; Krimskiy A., Semitskiye yaziki i narodi, t. 2—3, M., 1909—1912. Javli Tursunov.