Xusrav — versiyalar orasidagi farq

qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3))
 
'''Xusrav''' — Sharqda [[anʼana]]viy [[badiiy obraz]]. X. dastlab [[VI asr|6-a.asr]]da [[pahlaviy|pahdaviy]] [[til]]ida yaratilgan "Xusrav va Ridak" [[asar]]ida uchraydi. Asar [[axloq]]iy[[taʼlim]]iy xarakterga ega boʻlib, unda [[musiqa]], [[xattotlik]], [[insho]], oʻq otish, chovganbozlik, [[kurash]], [[shatranj]] va nard [[oʻyin]]larini egallagan yosh yigitning hojasi Xusrav bilan savoljavoblari tasvirlangan. X.ning prototipi [[sosoniylar davlati|sosoniylar]] [[shahanshoh]]i [[Xusrav II Parviz]]dir. X. [[Firdavsiy]] "[[Shohnoma]]"si qahramonlaridan biri hisoblanadi. [[Nizomiy Ganjaviy]]ning "Xusrav va Shirin" [[doston]]ida u mukammal badiiy obraz darajasiga koʻtarilgan. Shundan soʻng bu obraz [[Yaqin Sharq|Yaqin]] va [[Oʻrta Sharq]] hamda [[Hindiston]] [[xalq]]larining [[xalq ogʻzaki poetik ijodi|ogʻzaki ijodi]], yozma [[adabiyot]]idan keng oʻrin olgan. Hatto X. [[Tabariy]], [[Johiz]], [[Balʼamiy Abu Ali Muhammad ibn Muhammad|Balʼamiy]], [[Saolibiy]] singari [[olim]]lar asarlarida ham ijobiy obraz sifatida tasvirlangan. Keyinchalik X. obrazi [[Xusrav Dehlaviy]]ning "Xusrav va Shirin" ([[XIII asr|13-a.asr]]), [[Alisher Navoiy]]ning "[[Farhod va Shirin]]" ([[XV asr|15-a.asr]]), [[Abdulla Hotifiy|Hotifiy]]ning "Xusrav va Shirin" ([[XVI asr|16a.16-asr]]), Vahshiy Bafqiyning "Farhod va Shirin", (16-a.asr), Ruhilaminning "Xusrav va Shirin" ([[XVII asr|17-a.asr]]) singari asarlarida ham keng tasvirlangan.
 
Garchi Nizomiy X.ni [[haqiqat|haqiqiy]] [[oshiq]] sifatida tasvirlasada, undagi [[xudbinlik]], maishatparastlik, [[davlat]]ni [[boshqarish]]dagi oʻzboshimchalikni qattiq qoralaydi. Navoiy X.ni boskinchi, zolim, xudbin shoh sifatida tasvirlagan va qoralagan. [[Xurshid]]ning "Farhod va Shirin" ([[1948]]), [[Samad Vurgʻun]]ning "Farhod va Shirin" ([[1942]]), [[Nozim hikmat pah|Nozim Hikmat]]ning "Ishq qissasi" (1948), [[Mirzo Tursunzoda|M. Tursunzoda]] va [[Dehotiy Abdusalom Pirmuhammadzoda|A. Dehotiy]]larning "Xusrav va Shirin" ([[1936]]), G. Ptitsinning "Xusrav va Shirin" ([[1939]]) [[drama]]larida ham X. obrazi mavjud.
6 807

ta tahrir