Xorazmshohlar davlati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Uzgen bot (munozara | hissa)
k Robot: Automated text replacement %s
Uzgen bot (munozara | hissa)
k Robot: Changing Category:O`zbekiston tarixi
Qator 1:
11-asr va 12-asrning birinchi yarmida Xorazm saljuqlar davlati (g`aznaviylar davlati xarobalarida 11-asrda tashkil topgan) tarkibiga kirgan. Xorazmning 11-asrdagi yuksalishi turkiylar sulolasiga mansub xorazmshohlar siyosati bilan uzviy bog`liq. Mazkur sulolaga saljuq amirining tashtdori Anushtegin asos solgan. Sulton hammomchilari mahkamasining sardori bo`lgan Anushtegin Malikshoh (1072-1092 yy.) saroyida yuksak martabaga erishgan. U rahbarlik qilgan mahkama zimmasiga Xorazmni boshqarish ham yuklangan. Qayta tiklangan xoramshoh mansabiga sazovor bo`lgan Anushtegin nabirasi Otsiz Xorazm mustaqilligi yo`lida astoydil harakat qilgan. Xorazmshoh Otsiz (1127-1156 yy.) saljuq sultoni Sanjarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. U mug`ombir diplomat va qat'iy sarkarda bo`lib, mustaqil tashqi siyosat yuritadi. Chunonchi, u o`z hukmdori Sanjarning ruxsatisiz qipchoqlar va turkmanlarga qarshi urush boshlaydi. 12-asrning boshida O`rta Osiyoni sharq tomondan yangi istilochilar - qoraxitoylar bosib oladilar. Sulton Sanjar o`zining yaqin qarindoshi bo`lgan samarqandlik qoraxoniylar xoni Mahmudga yordamga keladi. Qoraxitoylarga qarshi Samarqand yaqinida bo`lib o`tgan jang Sanjarning to`la mag`lubiyati bilan yakunlanadi. Xorazmshoh Otsiz Sanjarning mag`lubiyatidan ustalik bilan foydalanib 1141 yili Marvni ishg`ol etadi, 1142 yili esa Nishopurga yaqinlashadi. 1156 yili Otsiz vafot etadi va uning o`g`li Elarslon (1156-1172 yy.) xorazmiylar davlatini mustahkamlashni davom ettirib, Dixistonni tevarak-atrofdagi yerlarga qo`shib oladi. Uning o`g`li Tekesh (1172-1200 yy.) 1187 yili Nishopurni, 1192 yili esa Marvni bosib oladi. 1194 yili g`arbiy saljuqlar sultonini qaqshatqich mag`lubiyatga uchratib, Eronning butun sharqiy qismini egallab oladi. 1195 yili Tekesh abbosiy xalifa qo`shinini tor-mor qilib, Iroqga bostirib kiradi. O`z mamlakati hududlarini ikki karra kengaytirgan va qudratli davlat barpo etgan xorazmshoh Tekeshni Xorazmning eng iste'dodli hukmdori deb e'tirof etish mumkin. Uning siyosati kamchiliklaridan biri qipchoq harbiy aristokratiyasiga ko`rsatilgan homiylik bo`lgan. Qipchoqlar Tekesh rafiqasi xayriohligidan foydalanib davlat ishlariga ko`proq ta'sir ko`rsatishga intilgan. Turkiy "qo`mondonlar"ning davlat ishlariga o`zboshimcha aralashuvi keyinchalik Tekesh o`g`li Muhammad zamonida Xorazm davlatining parchalanishiga sabab bo`lgan.
 
{{wikify}}[[Category:O`zbekiston tarixi]]
 
[[Category:Oʻzbekiston: Tarix]]