Tarjima: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (4) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 11:
T. nusxa koʻchirish emas; tarjimonning estetik ehtiyoji uning ixtiyoridan tashqari, T.da iz qoldiradi. Yozuvchi hayot voqealaridan olgan mushohadalarini tilda badiiy ifodalasa, tarjimon asliyat matnini yangi til vositasida qayta gavdalantiradi. Buning uchun u asarda tilga olingan voqelikning muallif darajasida puxta bilishi kerak. Har bir xalq adabiyotining rivojlanishida T. chilikning taʼsiri katta boʻladi, zero T. tarixi adabiyot tarixi bilan tengdosh. Oʻzbek adabiyotida ham T.chilik qadimdan rivojlangan. Mahmud Koshgʻariy, Rabgʻuziy, Qutb, Navoiy, Bobur, Munis, Ogahiy va boshqa ijodida T. katta oʻrin egallaydi.
 
20-a.asr oʻzbek yozuvchilaridan Choʻlpon, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy, Askad Muxtor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Ali va boshqa badiiy T. sohasida ham samarali ijod qilganlar. Badiiy T. sohasida M. Osim, N. Alimuhamedov, Sh. Shomuhamedov, K. Qaxdorova, O. Sharopov, Sh. Tolipov, V. Roʻzimatov, Q. Mirmuhamedov, A. Rashidov, M. Hakimov, I. Gʻafurov, M. Mirzoidov, gʻ. Toʻrabekov, T. Alimov va boshqa professional tarjimon sifatida tanilganlar. Oʻzbek tilida ilmiy-texnikaviy, ijtimoiysiyosiy adabiyotlar T. chiligida gʻam katta yutuqlarga erishilgan. Bunda R. Abduraxdyunov, V. Rahimov, A. Shomahmudov, 3. Tincherova kabi tarjimonlarning hissasi katta.
 
T. amaliyotini, uning oʻziga xosliklarini, tarixini, tamoyillari, prinsip va krnuniyatlarini tarjimashunoslik fani oʻrganadi, tarjimonga oʻgirish uchun asar tanlash, tillararo tafovutlar hamda asliyatga xos boshqa xususiyatlarni, milliyadabiy anʼanalarni hisobga olgan holda ish tutishda yordam beradi. 20-a.asr oʻzbek adabiyotida tarjimashunoslik maxsus fan tarmogʻi sifatida yuzaga keldi va shakllandi. Choʻlpon, Sanjar Siddiq kabi mohir tarjimonlar nafaqat bu davr tarjima adabiyotini, ayni paytda tarjimashunoslik ilmini ham boshlab berganlar, tarjima haqida maqola va risolalar bitganlar.
 
Oʻzbekistonda tarjimashunoslik maxsus ilm sifatida oʻtgan asrning 2yarmidan shakllandi. Asr oxiriga kelib, bu sohada 10 ga yaqin fan dri, 50 dan ortiq fan nomzodi yetishib chiqdi. Prof. J. Sharipov tadqiqrtlari asosan adabiyotimiz tarixida tarjimaning oʻrnini koʻrsatishga bagʻishlangan boʻlsa, prof. F. Salomov asosan zamonaviy tarjimashunoslik masalalari bilan shugʻullandi, tarjima jarayoniga til hamda adabiy anʼanalarning taʼsirini koʻrsatib berdi. N. Komilov esa mumtoz janrlarning oʻtmish va gʻozirdagi tarjimalarini tadqiq etdi.