Sian: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda (2), va b. → va boshqa using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Sian''' — Xitoyning markaziy qismidagi shahar. Veyxe daryosi (Xuanxe daryosi irmogʻi) vodiysida joylashgan. Shensi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 6,7 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Metallurgiya, koʻp tarmoqli mashinasozlik (stanok, pribor, avtomashina, traktor va samolyotlar i.ch.), keramika, toʻqimachilik, farmatsevtika, lokboʻyoq, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. universitet, muzeylar bor.
 
S. — qad. shahar. Shaharga mil.av. 202 yilda Xan imperiyasi poytaxti sifatida asos solingan va Chanʼan deb atalgan. 3—6-a.lardaasrlarda Chanʼan Shim. Xitoy davlatlari poytaxti boʻlgan. 583 yilda xoz. S. oʻrnida Yan Szyan imperiyasi davrida Xitoyning yangi poytaxti Dasin sh. qurilgan va keyinroq Chanʼan deb qayta nomlangan.
 
10-a.danasrdan boshlab, S. avvalgi mavqeini yoʻqota borgan. 14-a.daasrda yangitdan tashkil etilgan Sian okrugining maʼmuriy markazi boʻlgan va oʻsha vaqtdan S. deb atala boshlagan. Meʼmoriy yodgorliklaridan 3 yarusli minoralar (14-a.asr), shahar devori qoldiqlari, pagodalar (707—709) va boshqa saqlangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==