Viktor Yevenko: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Yevenko Viktor Ivanovich''' (1925.2.3, Toshkent — 1986.19.8) — grafik rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (1967). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1946—50). Rassomlik faoliyatini 2-Ikkinchi jahon urushi frontlarida boshladi. Oʻzbek xalqining tarixi ("Bek kelayapti", 1954), mehnati ("Qarzdorligi uchun", 1954; "Hosil" 1955)ga bagʻishlangan asarlari bor. 50-y.larning oxirlaridan, asosan, grafikada ijod qildi. Bir qator badiiy asarlarni bezadi (R. Fayziyning "Choʻlga bahor keldi" qissasi, A. Almatinskayaning "Zulm", Oybekning "Qutlugʻ qon", Asqad Muxtorning "Opa-singillar" romanlari va b.), dolzarb mavzularda plakatlar yaratdi ("Tinchlik va doʻstlik", 1957; "Odamlar, tinchlikni saqlang", "Paxta", 1966; "Neytron bombasiga yoʻl yoʻq", 1979; "Oq oltinning yuksak sifati uchun", 1981 va b.), jamoat binolari interyerlarini, koʻrgazma va bayramlarni bezatishda samarali ishladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==