Sut emizuvchilar: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: S.e. → {{subst:FULLPAGENAME}} (21), Hoz. → Hozirgi (2), va b. → va boshqa (4) using AWB |
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3) |
||
Qator 3:
Sut emizuvchilarning tashqi koʻrinishi va oʻlchami har xil. Pakana oq tishlining (hasharotxoʻrlardan) uz. 4 sm, vazni 1,2 g kelsa, quruklikda yashovchi eng yirik hayvon — afrika filining balandligi 4,5 m, vazni 7,5 t ga yaqin. Hozirgi hayvonlar orasida eng yirigi koʻk kitning uz. 33 m, vazni 150 t. Sut emizuvchilar boʻyin umurtqalarining 7 ta boʻlishi, tishlarining har xil tuzilganligi, ular chuqurchalar (alveolalar)da joylashganligi, pastki jagʻi faqat tish suyaklaridan iboratligi, oʻrta qulogʻi boʻshligʻida 3 ta eshitish suyakchasining va soʻlagida kraxmalni parchalovchi ferment borligi bilan boshqa umurtqalilardan farq qiladi. Sut emizuvchilarning yumshoq labi ovqatni olish vazifasini bajaradi. Ichagi murakkab tuzilgan, baʼzi Sut emizuvchilar ning oshqozoni koʻp boʻlmali. Oʻpkasi alveolalardan iborat. Tana boʻshligʻining diafragma yordamida koʻkrak va qorin boʻshligʻiga boʻlinishi nafas olishini jadallashtiradi. Yuragi 4 kamerali; faqat chap aorta yoyi saqlanib qolgan. Sut emizuvchilar issiq qonli — gomoyoterm hayvonlar; arteriya va vena qoni toʻliq ajralgan. Eritrotsitlari yetilgan davrida yadrosiz. Ayirish sistemasi chanoq buyragidan iborat. Bosh miyasi yirik, uning oldingi qismi (yarimsharlari) poʻstloq xrsil qiladi. Sut emizuvchilarning murakkab nerv faoliyati va xulqatvori yarimsharlar poʻstlogʻining kuchli rivojlanganligi bilan boglik. Hid bilish, kurih, eshitish organlari yaxshi rivojlangan. Hiqildogʻi murakkab tuzilgan; unda ovoz paylari joylashgan. Tashqi quloq rivojlangan. Sut emizuvchilar ateriyalar va teriyalar (tirik tugʻuvchilar) kenja sinflariga ajratiladi. Ateriyalar proteriyalar (qirilib ketgan trikonodont va kloakalilar turkumlari) va alloteriyalarga (qirilib ketgan koʻp boʻrtiqlilar turkumi); teriyalar esa 3 boʻrtiqlilar (qirilib ketgan), xaltalilar va yoʻddoshlilarga boʻlinadi. Xaltalilarga 1 turkum, yoʻldoshlilarga hozirgi 17—23 va qad. qirilib ketgan 12 turkum kiradi. Hozirgi Sut emizuvchilar 4000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Issiq qonliligi, tanasining yung bilan qoplanganligi (suvda yashovchilar terisi ostida qalin yogʻ qatlamining boʻlishi), nasli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi (sut bilan boqishi, himoya qilishi, tarbiyalashi) va boshqa turli xil moslanishga ega boʻlishi tufayli Sut emizuvchilar yer yuzidagi Shim. qutbdan tortib Antarktida qirgʻoqlarigacha boʻlgan barcha hududlarni egallagan.
Sut emizuvchilar qadimdan odam hayotida katta ahamiyatga ega boʻlgan. Koʻpchilik Sut emizuvchilar ovlangan. Bir qancha turlari xonakilashtirilib, ulardan oziqovqat manbai, ishchi kuchi yoki qoʻriqchi sifatida foydalanib kelinadi. 20-
Odam faoliyati taʼsirida Sut emizuvchilarning bir qancha turlari soni kamayib, ayrim turlari yoʻqolib bormoqda. 17-
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
|