Émile Zola: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Umarxon III Zolya Emil sahifasini Émile Zolaga koʻchirdi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
ZOLYA (Zola) Emil (1840.2.4 — Parij — 1902.29.9) — fransuz yozuvchisi. Ilk ijodi romantizm ruhida: "Ninon ertaklari" (1864), "Klodning tavbasi" (1865), "Marhumning vasiyati" (1866) va b. 60-y.larda naturalistik ruxdagi "Oʻliklar vasiyati" (1866), "Tereza Raken" (1867), "Madlen Fera" (1868) kabi romanlar yezdi. "Rugon-Makkarlar" 20 jildli romanlar turkumida (187193) Napoleon davridagi siyosiy tuzum qoralangan ("Rugonlarning ulgʻayishi", 1871; "Tor-mor", 1893), jamiyatdagi moliyaviy hiyla-nayranglar fosh etilgan ("Oʻlja", 1872; "Pul", 1891), kiborlarning axloqsizligi koʻrsatilgan ("Nana", 1880), amalparast, maʼnaviy qashshoq kimsalar kalaka qilingan ("Parij qurtlari", 1873), nasroniylarning teskarichilik harakatlari fosh etilgan ("Plassanning zabt etilishi", 1874). 3. bir qator romanlarida oddiy mehnatkashlarning olijanob timsollarini yorqin boʻyoqlarda tasvirlagan. Xususan, "Qopqon" (1877) romanida kosib va hunarmandlar hayoti, "Hamal" (1885) romanida esa ishchilarning turmush tarzi aks ettirilgan. "Tereza Raken" (1873 y.da sahnalashtirilgan) dramasi va "Rauberden vorislari" komediyasi yozuvchining eng yaxshi sahna asarlaridir. 3. ijodida ijtimoiy mav-zular ustuvor mavqega ega. "Uch shahar" trilogiyasi ("Lurd", 1894; "Rim", 1896; "Parij", 1898), tugallanmay qolgan "Toʻrt injil" tetrologiyasi ("Hosildorlik", 1899; "Mehnat", 1901; "Haqiqat", 1903) bunga misol boʻladi. 3. ijtimoiy hayotga ham faol aralashgan va 19-a.asr oxirlarida Fransiyada juda katta shov-shuvga sabab boʻlgan "Dreyfus ishi" (boshqa millat vakilining soxta ayb bilan qamalishiga qarshi) boʻyicha Fransiya Respublikasi Prezidentiga "Men qoralayman!" (1898) nomli ochiq xat bilan murojaat qilgan. Respublika hukumati 1898 y. 23 fevralda yozuvchini qamash haqida hukm chiqaradi. 3. chet elga qochadi (1899 y.da Vataniga qaytadi). 3. xalq uchun teatr yara-tishni orzu qilgan edi. "Fransiyaning olgʻa yurishi" turkumidagi dramalarida inqilobiy shior ostida mustabidlik ruhini yashirgan Uchinchi respublikaga qarshi kurashni davom ettirishni maqsad qilgan edi. Lekin bu maqsadini amalga oshirolmadi. 3. ro-manlarida garchi qaltis ijtimoiy ziddiyatlar tasvirlangan boʻlsa ham, u maʼlum siyosiy tuzumga dastyorlik qilishni or deb bilgan. U har doim oʻzi tanlagan tamoyilga — haqqoniyat ta-moyiliga sodiq qoladi. Uning romanlarini oʻqib butun bir davr haqida tasavvurga ega boʻlish mumkin. 3. ning "Hikoyalar" (1937), "Tegirmon qamali" (1942) va "Hamal" (1981, tarjimon Xayrulla Ergashev) asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==