Dogʻiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 105:
20-asrda S. Stalskiy, Hamzat Sadasa, S. Gabiyev, G. Saidov, 3. Botirmirzayev, P. Nurov, A. Iminogʻayev, Hoji Axtinskiy, tloxlik Muhammad kabi shoir va yozuvchilar ijod qildi. Drama asarlari yaratila boshladi (G. Saidovning "Miskarlar", 3. Botirmirzayevning pyesalari va b.). 20—30-yillarda avar 3. Gajiyev, dargʻin R. Nurov, A. Iminogʻayev, qoʻmiq A. P. Salavatov, A. Magomedov, B. Ostemirov, T. Boybula-tov, lak I. Qurbonaliyev, M. Charinov, lazgin A. Fataxov kabi ijodkorlar yetuk badiiy asarlar yaratishdi.
 
2-Ikkinchi jahon urushi yillarida H. Sadasa, Qoziya Ali, A. Gʻafurov, A. Ajiyev, A. V. Sulaymonov, Yu. Xappalayev kabi shoirlar xalqni fashistlarga qarshi kurashga chaqirdi. Urushdan keyingi yillarda Dogʻiston adabiyotining koʻlami kengaydi, xilmaxil badiiy shakl, uslub va janrlar vujudga keldi. D. xalq shoiri R. Hamzatov "Tugʻilgan kunim", "Qalbim togʻlarda", "Togʻ qizi" kabi dostonlari, joʻshqin sheʼrlari bilan dunyoga mashhur boʻldi. Keyingi davrda Fazu Aliyeva, A. Saidov, S. Rabadanov, G. Bagandov, S. Izgiyayev, M. Otaboyeva, M. Aminovlar barakali ijod qildilar. Dogʻistonda bolalar adabiyoti ham rivoj topdi (R. Rashidov "Men xush koʻrgan bolalar", "Ovulimizga qish keldi"; R. Hamzatov "Bobom"; 3. Gajiyev "Vodiy qushchalari", "Qorbobo togʻda"; A. Magomayev "Bobo va nabira"; D. Atnilov "Birinchi dars" va b. toʻplamlar). Dramaturgiyada ham yetuk asarlar yuzaga keldi (M. Aliyev "Ramazonovlar oilasi"; M. Gairbekova "Uchrashuv"; A. Ajamatov "Kelinlar"; T. Xuryugskiy "Oshiq Sayd"; A. Qurbonov "Qaytmasning toʻyi"; G. Rustamov "Rayhon" va b.). D. adabiyotida barcha adabiy janrlar, jumladan, kinodramaturgiya (Ahmadjon Abu Bakar "Bulutlar tarqaldi", "Adam va Xeva") va adabiyotshunoslik rivojlangan.
 
S. Stalskiy sheʼrlari, R. Hamzatovning "Yuksak yulduzlar" sheʼrlar toʻplami va "Dogʻistonim" asari oʻzbek kitobxonlarining ham mulki boʻlib qoldi.