Zebunniso begim: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 21:
Z.b.ning asosiy mashgʻuloti sheʼriyat, musiqa, ilm boʻlgan. U butun huzurhalovatni, takdir va baxtni, kishilar orzu qilgan jannatni ham kitobda — ilmda, deb bilgan. Lirik sheʼrlar bilan birga odob va axloqqa oid "Zeb uttafosir" ("Goʻzal tafsirlar"), "Zeb unnashot" ("Nashʼalar ziynati") va tasavvuf falsafasiga doyr "Munis ularvoh" ("Ruhlarning sodiq doʻsti") kabi risolalar ham yozgan. Sheʼrlari ajdodlarining yurti Markaziy Osiyoda, Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Pokiston va b. Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Gʻazallari oʻzbek xalqining sevimli qoʻshiklariga aylangan. Hoziq, Xiromiy, Nodir, Sobir Abdulla va boshqalar Z.b. gʻazallariga muhammaslar bogʻlaganlar.
 
Shoiraning sheʼriy merosi bizgacha toʻliq yetib kelmagan. 8000 misrali bir devoni (gʻazallari), 7 qasidasi, 5 tarjeʼband va bir muhammasigina saqlanib qolgan. Baʼzi manbalarda shoiraning "Maxfiy" taxallusi bilan ijod qilgani aytiladi. 19a.19-asr 2yarmi — 20a.20-asr boshlarida koʻchirilgan "Devoni Maxfiy" Z.b.ga nisbat beriladi. Z.b. asarlari qoʻlyozmasi dunyodagi koʻpgina kutubxonalarda, shu jumladan, Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik intida saqlanadi (inv. № 2590, 1269, 1936). Dehlidagi "Zarzari" qabristoniga Nizomiddin Avliyo, Amir Xusrav Dehlaviy yonida dafn etilgan.
 
== Adabiyot ==