Respublika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi, va b.) → va boshqalar) (2) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Respublika''' (lot. respublica, res — ish va publicus — ijtimoiy, umumxalq) — davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. Tarixan R. antik davrda monarxiyaning ziddi sifatida vujudga kelgan (Mas, Afinadagi quldorlik demokratiyasi). Mil. av. 5—4-a.lardaasrlarda Sparta va mil. av. 2-a.daasrda Rim davlati aristokratlar qismi manfaatlarini ifoda etgan. Oʻrta ayerlarda R. boshqaruv shaklini qoʻllagan Venetsiya va Genuya singari shahardavlatlar bor edi.
 
Hozirgi vaqtda jahondagi 190 davlatdan 140 dan ortigʻi R. hisoblanadi. Boshqaruvning R. shakli quyidagi turlarga ajratiladi: 1) prezidentlik R.si (AQSH, Meksika va boshqalar), bunda prezident umumxalq saylovida saylanib, bir vaqtning oʻzida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi hisoblanadi; 2) parlamentar respublika (Italiya, GFR, Vengriya va boshqalar), bunda parlament toʻliq hokimiyatga ega boʻlib, uning oldida hukumat siyosiy javobgar hisoblanadi. Parlament prezidentni saylaydi. Bunda prezident faqat davlat boshligʻi boʻlib, ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi hisoblanmaydi; 3) aralash tipdagi respublika (yarim prezidentlik; Fransiya, Portugaliya, Finlyandiya, Yevropadagi totalitar tuzumdan xalos boʻlgan yangi mamlakatlarning aksariyati), bunda prezidentlik respublikasi bilan parlamentar respublika xususiyatlari qoʻshilib ketadi. Yaʼni prezident umumxalq saylovlarida saylanib, yuridik va real keng vakolatlarga ega boʻladi. Biroq hukumat parlament tomonidan tashkil etiladi va u nafakat prezident oldida, balki parlament oldida ham siyosiy javobgar boʻladi. Bunda prezident hukumatga umumiy rahbarlik qiladi, lekin uni bosh vazir boshqaradi. Prezident maʼlum holatlar yuz berganda parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega.