Amsterdam: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 51:
}}
 
'''Amsterdam''' — Niderlandiya poy-taxti. Amstel daryosining quyilish yeri-da joylashgan. A. mamlakatning muhim iqtisodiy markazi, aholisi soniga ko‘ra eng katta shahri, yirik dengiz porti (yuk oboroti 20 mln.t. dan ortiq). Aholisi 724 ming kishi (1994; shahar atrofi bilan 1 mln.dan ziyod). Sxipxol aeroporti xalqaro ahamiyatga ega, yirik temir yoʻl tuguni. Metropoliten qurilgan. A. „Shimoliy Venesiya“ degan nom bilan ham mashhur. Am-stel daryosi va uning tarmoqlari hamda ularni tutashtirib turgan kanallar shaharni qismlarga bo‘lib yuborgan. 400 dan ortiq ko‘prik mavjud. Shaharning qad. uylari yirik qoziqlar ustiga qurilgan. Shahar yilnomalarda dastlab 1275 yilda tilga olingan. 17-a.daasrda savdo va kredit berishning jahon ahamiyatiga mo-lik markazi bo‘lgan. 1795—1806 yillarda Bataviya Respublikasining, keyinroq Niderlandiya Qirolligining poytaxti.Mashinasozlik (kemasozlik, samo-lyotsozlik, elektron asboblar), neftni qayta ishlash, poligrafiya, farmatsevti-ka, kimyo, oziq-ovqat, yog‘ochsozlik sano-ati korxonalari bor. Sanoatining ko‘p tarmoqlari chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. A. olmosga sayqal be-rish va olmos bilan savdo qilish sohasida yirik markaz sifatida qad. dan mashhur. A. da Fapbiy Yevropaning eng muhim moliya va bank muassasalari joylashgan, mam-lakat madaniyati va fanining asosiy markazi. A. da IX Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tgan (1928). 2 un-t, FA, bir qancha ilmiy tadqiqot in-tlari, ko‘pdan-ko‘p tarixiy va meʼmoriy yodgorliklari, jumladan cherkov binolari (13—17-a.larasrlar), o‘nlab muzey (Gollandiya tasviriy sanʼat maktabi asarlari to‘plangan Dav-lat rasmlar muzeyi, 1808), Rembrand uyi (1907 yildan muzey), Dengiz muzeyi, tarix muzeyi mashhur.
 
== Galeriya ==