Komi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 27:
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. K.dagi 592 kunduzgi umumiy taʼlim maktabida 196 ming , 20 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 15 ming oʻquvchi, 3 oliy oʻquv yurti (Sektivkar universiteti, ped. instituti, Uxtadagi industrial institut)da 11 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. K.da Rossiya FA Ural boʻli-mining K. ilmiy markazi, Pechora koʻmir i.t. instituti, K. tibbiyot instituti, qishloq xoʻjaligi tajriba stansiyasi va boshqa ilmiy muassasa hamda loyihakonstruktorlik tashqilotlari mavjud. K.da madaniyat uylari, ommaviy kutubxonalar, 4 teatr, 5 muzey, sport maktablari bor. Respublika radio va televideniyesi, Sektivkar, Vorkuta va Uxtada telemarkazlar ishlaydi.
 
Adabiyoti. Qad. xalq ijodiyoti: qoʻshiq, ertak, afsona, rivoyatlarda komilar turmushi va qalbi ifodalangan. K. yozma adabiyotiga shoir I.A.Kuratov (1839—75) asos solgan. U oʻz sheʼrlarida xalqning ogʻir chayoti va orzu-umidlarini aks ettirgan. 20-yillarda poeziya va dramaturgiya yetakchi janrlarga aylandi. A.V.Savin, M.N.Lebedev, V.I.Litkin, V.T.Chistalev va boshqa yozuvchilar xalq ogʻzaki ijodi va rus adabiyoti anʼanalariga tayanib ijod qildi. Shoirlar xalq jasorati va ona yurt tabiatini kuyladi. 20-yillarning 2-yarmida proza yetakchi janr boʻlib qoldi. 30-yillarda K. adabiyoti yanada ravnaq topdi. Yirik nasriy asarlar — qissa va romanlar (G.A.Fyodorovning "Qishloq tongi", I.V.Izʼyurovning "Timka brigadasi" va boshqalar) paydo boʻldi. K. yozuvchilarining koʻpi 2-Ikkinchi jahon urushida qatnashdi. S.A.Popov, I.M.Vavilin, N.M.Dyakonov kabi yosh yozuvchlar jangchilar jasoratini va front orqasidagi mehnatni ulugʻlagan asarlar yaratdi. Keyingi yillarda xalqning oʻtmish va zamonaviy hayotini aks ettiruvchi "Tundra chiroqlari" (V.V.Yuxnin), "Ikki dust" (Ya.M.Rochev), "Tongda" (G.A.Fyodorov) va boshqa romanlar yaratildi.
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Respublika hududida mezolit davriga oid geometrik naqshli yogʻoch va tosh asboblar, turli rasmlarga boy shisha idishlar, suyak buyumlar topilgan. Respublikaning oʻrmonga boyligi yogʻoch meʼmorligining rivojlanishiga imkon berdi. Ibodatxonalar yogʻoch va toshdan ishlangan (18-asr). Susol va vim uslubidagi uylar goʻzal va ifodali. 19-asrda 1—2 qavatli, baland poydevorli serqasham va yogʻoch uylar qoʻproq qurilgan. Tomi ikki tomonga nishab qilingan. Derazalari oqqa boʻyalgan, ustki taxtasi hashamdor qilib yasalgan. 20-asrda Sektivkarda qurilish ishlari avj oldirildi. Vorkuta (1943), Uxt a (1943), Pechora (1949) va boshqa shaharlar barpo etildi, 5—9 qavatli gʻishtin va yirik panelli uylar, koʻplab jamoat binolari va boshqa qurildi.
Qator 35:
Musiqa folklori qoʻshiq janridan iborat. Qad. K. qoʻshiqlari past pardalarda ravon aytiladi. Keyingi davr qoʻshiklari keng diapazonda ijro etilishi bilan ajralib turadi. Yakkaxon va xor (odatda, 2 va 3 ovozli) ijrochilik sanʼati tarqalgan. Cholgʻu asboblaridan uch torli sugudek (kamonli va chertma), 4—7 torli brungan (katta hajmdagi urma soz), puflab chalinadigan orkestr asboblaridan chipsan, pelyan va boshqa bor. Ular ichida balalayka va garmon salmoqli oʻrin tutadi.
 
Professional musiqa sanʼati 20a.20-asr boshlarida paydo boʻldi. 40-yillarda dastlabki milliy musiqali dramalar yaratildi (A.A. Voronsovning "UstKulom qoʻzgʻoloni" asari va boshqalar). 60-yillarda milliy opera ("Ust-Kulom osmonida momaqaldiroq") va balet ("Yag-Mort") yuzaga keldi.
 
K.da respublika musiqali teatri, filarmoniya, ashula va raqs ansambli, musiqa bilim yurtlari, bolalar musiqa maktablari bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>