6 807
ta tahrir
Olaf Studt (munozara | hissa) k (added Category:Xalq ogʻzaki ijodi using HotCat) |
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)) |
||
Tarixiy manbalarga koʻra, Oʻzbekiston hududida qad. zamonlardan xilmaxil sirk tomoshalari keng tarqalgan. Xalq bayram va sayillarida, bozor maydonlarida va toʻybazmlarda xonanda, sozanda, qiziqchi va masxarabozlar bilan bir qatorda sirk artistlari ham tomosha koʻrsatishgan. Xalq sirki janrlari boy, rangbarangligi va oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Xususan, dorbozlik, simbozlik, yogʻochoyoq, yogʻochot, nayrangbozlik, besuyak va muallakchilik, jonglyorlik, hayvon oʻynatish kabi anʼanaviy sirk turlari keng rivoj topgan.
20-
Oʻzbekistonda xalq ijodining turli yoʻnalishlarini rivojlantirish, targʻib etish, xalq ijodi sohasida turli koʻriktanlov, festival va ommaviy bayramlarni tashkil etish bilan Respublika xalq ijodiyoti va madaniymaʼrifiy ishlar ilmiymetodik markazi shugʻullanadi. Shu jumladan, Oʻzbekistonda muntazam ravishda folʼkloretnografik jamoalari, askiyachi va qiziqchilar, toʻymarosim qoʻshiqlari ijrochilarining Respublika koʻriktanlovlari, milliy dorbozlar, anʼanaviy sirk sanʼati va havaskor qoʻgʻirchoq teatrlarining Respublika koʻrikfestivallari, "Boysun bahori" xalqaro ochiq folklor festivali va boshqa oʻtkaziladi.
Xalq meʼmorligi insonning oʻzini tashqi muhitdan muhofaza qilish, oʻziga yashash uchun qulay sharoit yaratish yoʻlida qilgan izlanishlari natijasida yuzaga kelgan. Ibtidoiy davrdan boshlab odamlar yashab turgan joyning iklim sharoiti, landshaftini inobatga olgan holda boshpana kurgan. Qurilgan uylarda imorat tarhining qulayligi, konstruktiv asoslarining mustahkamligi, mahalliy xom ashyolardan keng foydalanish yoʻllari, imoratning tabiat injiqliklariga bardoshligi takomillashib borgan. Inson tafakkurining boy olami unda imoratning estetik jihatdan bezash orzuhavasini ham uygʻotadi. U xonalardan ayrimlarini rangbarang naqshlar bilan bezay boshlaydi.
Sinfiy jamiyat shakllangach, mehnat taqsimoti natijasida imorat qurish, uni bezash bilan bogʻliq aloxida sohalar yuzaga kelgan (ganchkorlik, natssoshlsh, yogʻoch oʻymakorligi, tosh oʻymakorligi). Bu sohalarni egallagan xalq ustalari, meʼmorlari asrlar davomida sinovdan oʻtgan tarh, tarz va konstruktiv asoslardan foydalanib kelgan. Natijada xalq meʼmoriy anʼanalari yuzaga kelgan, ayrim imoratlar sanʼat durdonasiga aylangan. Xalq meʼmorligi insonning nafaqat ijtimoiymaishiy va maʼnaviy talablarini qondirish, balki uning hayot xavfsizligini ham taʼminlab kelgan. Shuning uchun har bir oʻlka, viloyat, shahar, togʻ vohasi xalq meʼmorligi tarh, tarz, kompozitsiya jihatidan bir-biridan farq qiladigan anʼanalarga ega. Xalq ijodi anʼanalari 19-
Jumladan, Buxoro uylari ikkiuch (darun—ichkari, berun — tashqari va xoʻjalik) hovlidan tashkil topgan. Asosiy yashash xonalari yozgi va qishkiga boʻlinadi. Yozgi xonalar oldida baland ayvon boʻlishi odat boʻlgan. Hovli kompozitsiyasi bir-biriga mutanosib joylashtirilgan baland ayvon va ayvonchalar hamda ularning xushbichim ustunlari bilan boyitilgan. Xona kompozitsiyasida shohnishin — mehmon oʻtiradigan boʻlinma did bilan bezatilgan. Boy xonadonlarda mexmonxonalar yon devorlari poddan shiftgacha koʻtarilgan tokchalarga ega boʻlgan. Ularning yuqori qismi ravoq shaklida boʻlib kosasimon sharafalsh) bilan bezatilgan. Tekis yuzali devorlar ham zanjira — rutalar bilan boʻlinmalarga taqsimlangan. Ular ichiga nihollari hamma tomonga yoyilgan, gullari qiygʻos ochilgan rangbarang guldastalar ishlangan.
|