Smolensk: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Smolensk''' — [[Rossiya|Rossiyadagi]] shahar. [[Smolensk viloyati]] markazi. Dneprning har ikkala sox.ilida joylashgan. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 355,9 ming kishi (1998). 862 yildan savdo va hunarmandchilik markazi sifatida maʼlum. 882 yildan Kiyev Rusi tarkibida, 12-a.danasrdan Smolensk knyazligining markazi. 1404—1514 ylarda Litva knyazligi, soʻngra Moskva davlati tarkibida, 1609—67 yillarda Polsha tasarrufida boʻlgan. 1667 yilda Andrusov sulhi boʻyicha Rossiyaga berilgan. 1708— 19 va 1796—1929 yillarda Smolensk gubernyasi, 1776—96 yillarda Smolensk noibligi markazi. 1812 yilda Smolensk yonida rus qoʻshinlari bilan Napoleon qoʻshinlari oʻrtasida katta jang boʻlgan. 1941—43 yillarda S. atrofida nemisfashist qoʻshinlari bilan shiddatli janglar olib borilgan. 2-Ikkinchi jahon urushi davrida S. butunlay vayron qilingan. Urushdan soʻng shahar qaytadan tiklangan. S.ga qahramon shahar unvoni berilgan.
 
Mashinasozlik (avtomatlashtirish vositalari, hisoblash mashinalari, elektr lampalar, sovitkichlar va boshqalar), yengil (trikotaj, zigʻir, poyabzal), oziqovqat sanoatlari rivojlangan. "Kristall" zavodi (brilliantlarga sayqal berish), olmos asboblarni i.ch. korxonasi mavjud. 4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr; Smolensk zigʻiri muzeyi, ST. Konyonkov nomidagi haykaltaroshlik muzeyi, tarixiy va meʼmoriy-badiiy muzeyqoʻriqxonasi, badiiy galereya bor.
 
Qad. meʼmoriy yodgorliklardan Pyotr va Pavel (1146), Ioann Bogoslov (12-a.asr), Mixail Arxangel (1191—94) cherkovlari, Uspeniye sobori (1677—79), Kreml (16-a.asr — 17-a.asr boshlari) saqlangan. "Motamsaro ona" haykali (1965), "Mangulik qoʻrgʻoni" memoriali (1970) oʻrnatilgan.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->