Koreya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri, 1 y. → 1 yil (20), sent. → sentabr (4), Mil. av. → Miloddan avvalgi (4), -a.lar → -asrlar (34), i.ch. → ishlab chiqarish, bal. 2 → balandligi 2, Mil. 3 → M using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 11:
Tarixi. Koreya ya. o.da odamlar soʻnggi paleolit davridan yashaydi. Miloddan avvalgi 5— 4-asrlarda tashqil topgan Choson birinchi koreys davlatidir. Miloddan avvalgi 109 yilda Xan davlati (Xitoy) Chosonni bosib oldi. Xitoy bosqinchilariga qarshi kurash davomida (milodning boshlarida) Koguryo, Pekche, Silla va boshqa davlatlar paydo boʻldi. Milodiy 313 yilda Koguryo xitoylarni batamom surib chiqardi va har jihatdan rivojlangan qudratli dashtatga aylandi.
 
Bu davrda dehqonchilik, metall quyish va ishlash, toʻqimachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va h.k. rivojlandi. 9-asrda tarqoqlik davri boshlandi. 935 yilda Koryo (K. nomi shundan) davlatining asoschisi Van Gon mamlakatni birlashtirdi. 10-asr oxirlariga kelib markazlashgan davlat paydo boʻldi. 1231 yil moʻgʻul qoʻshinlari K.ga bostirib kirdi va Yuan imperiyasini tuzdi. 14a.14-asr oʻrtalarida Koryo unga boʻysunishdan bosh tortdi. 1359—62 yillarda xitoy istilochilari bosqinini qaytardi. 1392 yil lashkarboshi Li Son Ge Koryoga van qilib tayinlandi, Li sulolasi (1392—1910)ga asos solindi. Koryo davlati Choson nomini oldi, poytaxti esa Kegyondan Xanson (19-asr oxiridan Seul)ga koʻchirildi. 15-asr oʻrtalarida iqgisodiy va madaniy jihatdan yuksaldi.
 
Yapon va manjur bosqinchilari hujumi davrida (16-asr oxiri — 17a.17-asr ning 1-yarmi) davlatning ahvoli ogʻirlashdi. 1592—98 yillarda Choson xalqi oʻz ozodligi uchun kurashdi va yapon bosqinchilarini mamlakatdan quvib chiqardi. Manjurlarning 1627 va 1636 yillardagi bosqinchilik urushlari natijasida mamlakat ancha vayron boʻldi. 18a.18-asr oxiridan mehnatkashlarning hukmdor tabaqaga qarshi yirik qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 19-asr ning 60-yillarida xalq ommasining erksevarlik qarashlarini ifoda etgan Tonhaq diniy mazhabi vujudga keldi. 60—70-yillarda Yaponiya K.ni asoratli Kanxva shartnomasini tuzishga majbur qildi. Soʻngra AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Fransiya va boshqa davlatlar ham Koreya bilan shunday bitimlar toʻzishdi. 1904—05 yillardagi rus-yapon urushi davrida Yaponiya K.ni bosib olib, mamlakat ustidan nazorat oʻrnatdi. K. aholisi yapon bosqinchilariga qarshi qattiq kurash olib bordi. Yapon hukmronligi joriy etilgan davr (1910—45)da K. Yaponiyaning xom ashyo makoni va bozoriga aylantirildi, nihoyat, K. Yaponiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi.
 
1917 yilda ish tashlash, talabalarning norozilik harakatlari boʻlib oʻtdi. 1919 yil mart — apr.dagi umummillat qoʻzgʻolonida ishchilar, dehqonlar va mahalliy savdo-sanoat doiralari (jami 2 mln .dan ortiq kishi) faol qatnashdi. Bu voqealardan choʻchigan yapon maʼmurlari oʻsha yil avg .da "oʻz-oʻzini boshqarish tizimi"ni joriy etish va boshqalardan iborat islohot dasturini eʼlon qildi. Sanoatning oʻsishi ishchilar safining kengayishiga sabab boʻldi. 20-yillardan kasaba uyushmalari va boshqa ommaviy jamoat tashqilotlari vujudga kela boshladi. 1925—28 yillarda ishchilar 349 marta ish tashladi va koʻpi ularning gʻalabasi bilan tugadi.
 
1929—33 yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni davrida dehqonlar, mayda va oʻrta tadbirkorlarning ahvoli ogʻirlashdi. 1930—32 yillarda 517 marta ishchilarning ish tashlashi, 237 marta dehqonlar qoʻzgʻoloni, oʻquvchi yoshlarning namoyishlari boʻlib utdi. 2-Ikkinchi jahon urushida K. xalqi yapon mustamlakachilariga qarshi kurashdi. Bu urushda Yaponiyaning magʻlubiyati natijasida uning K.dagi hukmronligi barham topdi.
 
1945 yil avg .da K.ning 38-paralleldan shim. qismi Sovet Armiyasi tomonidan ozod qilindi. Shu yil sentabr oyining boshlarida AQSH qoʻshinlari K.ning jan.ni ishgʻol qildi. Ittifoqchilarning qarorida 38-parallel Sovet va Amerika qoʻshinlari oʻrtasidagi chegara chizigʻi boʻlib qolishi belgilangan edi. 1945 yil dek.dasobiq SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlarining Moskva kengashi K.ni vasiylikka olish haqida qaror qabul qildi (gomindanchilar hukmronligidagi Xitoy ham keyinchalik shu qarorga qoʻshildi). Kengash K.ni yagona demokratik mustaqil davlat sifatida qayta tiklashni nazarda toʻtib, K.ning muvaqqat markaziy hukumatini tuzish fikrini bildirdi. Aniq taqliflarni tayyorlash Sovet va Amerika qoʻmondonligi vakillaridan iborat qoʻshma komissiyaga topshirildi. Komissiya 1946—47 yillar mobaynida ishladi, ammo keskin ixtiloflar sababli oʻz zimmasidagi vazifani bajara olmadi.
Qator 45:
Musiqasining lad tuzilishi pentatonikata asoslangan. Musiqa ijtimoiy hayot va diniy marosimlarda muhim rol oʻynagan. 3—9-asrlarda saroyda xor va cholgʻu ansambllari konsertlar bergan, musiqiy tomoshalar koʻrsatilgan. 6-asrdan komoʻngo, tegim, pxiri, kayagim singari torli cholgʻu asboblar keng tarqalgan. Qad. 60 turdagi cholgu asbobidan 45 turi hozirgi gacha yangrab kelayotir. Son Xyon va boshqa koreys musiqa ensiklopediyasi — "Musiqashunoslik asoslari"ni tuzdilar (1493). Imperator saroy i huzurida xonanda va sozandalar, raqqos va raqqosalardan iborat ansambllar boʻlgan. 16-asrning 2-yarmidan boshlab, urushlar va bosqinchiliklar taʼsirida K. musiqasi tushkunlikka uchradi, faqat xalq qoʻshiqlari janri rivojlandi. 19-asrning 2-yarmida musiqali drama janri — chxangik rivojlanib, keyinchalik milliy opera paydo boʻldi. 20-asr boshlarida K.ga Yevropa musiqasi kirib kela boshladi.
 
Teatr tomoshalarining unsurlari qad. marosim qoʻshiqlari va oʻyinlarida saqlanib kelgan. Miloddan avvalgi 3-asrda mavjud boʻlgan ibtidoiy teatrlarda tabiat hodisalari va mehnat jarayonini tasvirlovchi tomoshalar koʻrsatilgan. 14—15a.larda14—15-asrlarda xalq niqob teatri va qoʻgʻirchoq teatri vujudga keldi. Professional aktyor-kvandelar xalq teatrini rivojlantirishga koʻmaqlashadilar. 19-asrda professional teatr tashkil topdi. Yaponiyada oʻqib kelgan K. talabalari 1921 yil "Drama sanʼati uyushmasi" truppasini tuzdilar. 1930 yil Pxenyanda "Machxi", Teguda "Koʻcha teatri", Kesonda "Ommaviy teatr" (1931), Masanda Drama sanʼati jamiyati (1932), Pxenyanda "Kelajak teatri" (1932) va boshqa vujudga keldi.
 
Kinosi. K.da havaskorlar tomonidan 1921 yil Yun Ben Nam rahbarligida "Oy nuri ostidagi qasam" nomli birinchi film suratga olingan. 20-yillarning 2-yarmida xalqning ogʻir ahvolini aks ettiruvchi kinofilmlar ("Sayoq", "Nim qorongʻi koʻcha" va boshqalar) koʻrsatilgan. Milliy ilgʻor kinosanʼatining rivojlanishida rej., ssenariychi va aktyor Na Un Gyuning hissasi katta. U "Ariran" (1926), "Muhabbat izlab" (1928), "Egasiz parom" (1932) va boshqa filmlarda mustamlakachilar zulmiga, ijtimoiy tengsizlikka qarshi kurashni aks ettirgan. 40-yillarda K. kinematografiyasi Yaponiya nazorati ostida boʻldi, asosan, nemis, italyan va yapon filmlari namoyish qilindi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>