Uruk: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.da → shahrida using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Uruk''' — 1) Jan. Mesopotamiyada mil. av. 4-ming yillikda tarqalgan eneolit davri arxeologik madaniyati. Uruk sh. nomi bilan atalgan. Mahobatli meʼmoriy inshootlar ("Qizil bino" va "Oq ibodatxona" xarobalari ochilgan); sopol buyumlar, shumer tilida bitilgan yozuvli taxtachalar, muhrlar chiqqan. Xoʻjaligi: dehqonchilik, misni qayta ishlash, chorvachilik boʻlgan; 2) Shumerpyati shahardavlat (shumeriycha — Unug , Bibliyada — Erex, yunoncha — Orxoya). Mil. av. 28—27-a.lardaasrlarda (epik rivoyatlarda saqlanib qolgan yarim afsonaviy hukmdorlar Enmerkar, Lugalband, Gilgameshlar davrida) Jan. Mesopotamiyadagi shahardavlatlar U. gegemonligi ostida boʻlgan (Urukning 1sulolasi). Mil. av. 24-a.daasrda Lugalzaggisi davrida U. Shumer poytaxti edi. 22-a.asr oxirida U. podshosi Utuxegal Ikki daryo oraligʻida "Shumer va Akkad podsholigi" barpo etgan, uning vafotidan soʻng hokimiyat UrNammu — Urning Shsulolasi asoschisi qoʻliga oʻtgan. U.mil. av. 1-ming yillik oxiriga qadar muhim shaharligicha qolgan. Mil. av. 8—2-a.lardaasrlarda — Bobil, soʻngra Axomaniylar va Salavkiylar davlati tarkibidagi muxtor sajdagoh shahar. Mil. 3a.da3-asrda sosoniylar tomonidan vayron qilingan. U. oʻrnida hozirgi Varka posyolkasi (Nosiriya shahridan 65 km shim.gʻarbda) joylashgan. U.da nemis arxeologlari tomonidan 20-a.asr boshidan muntazam ravishdagi arxeologik qazish ishlari olib borilgan.
 
{{no iwiki}}