Rejissyorlik sanʼati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Dutcman (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Rejissyorlik sanʼati''', rejissura — garmonik bir butun va muayyan yaxlitlikka ega boʻlgan tomosha, koʻrinish yaratish sanʼati (teatr, kino, telefilm, sirk va estradada). Rej. sahna asari yoki kinofilm yaratish jarayonida ijodiy xodimlar — aktyor, yakkaxon, rassom, kompozitorga (kino va televideniyeda operatorlarga ham) va yordamchi xodimlarga rahbarlik qiladi. Rejissyorlik sanʼati drama teatrida pyesa tanlash, uning gʻoyasi, janr va badiiy xususiyatlari, tasvirlanayotgan davr, muallifning ijobiy uslubini oʻrganishdan boshlanadi. Rej. asar talqini uchun saxna vositalarini izlaydi, har bir personaj harakteri va umuman, spektakl talabiga monand aktyorlar tanlaydi, sahnaviy ritm va surʼatni belgilaydi, mizansahnalar yaratadi, rassom va kompozitor bilan hamkorlikda asarni badiiy bezash prinsiplarini ishlab chiqadi. Realistik spektakldagi yaxlit va chuqur xaqqrniylik bir-biri bilan uzviy bogʻlangan "uch haqiqat" (hayotiy, ijtimoiy va saxnaviy) asosida yaratiladi (V. I. NemirovichDanchenko). Agar rej. ulardan birini eʼtibordan chetda krldirsa, boshqalari ishonarli chiqmaydi. Rejissyorlik sanʼatida aktyor bilan ishlash muhim oʻrin tutadi. Rejissyorlik sanʼatisahna ijodining mustaqil turi sifatida ajralib chiqquniga qadar, sahnalashtiruvchi vazifasini muallif, yetakchi aktyorlar bajargan.
 
Uygʻonish davrida Yevropada sayyor professional teatr bilan birga muallif, aktyor va rej. vazifalarini oʻtagan truppa rahbari ham yuzaga keldi. 16—17-a.lardaasrlarda Rejissyorlik sanʼatining rivojiga U. Shekspir, J. Molyer, Lope de Vegalar muhim qissa qoʻshgan. Burjua maʼrifatparvarligi davrida Rejissyorlik sanʼati nazariyasi yaratila boshladi ([[Lessing Gotxold Efraim|G. Lessing]], [[Didro Deni|D. Didro]]). G. Lessingning izdoshi F. L. Shreder Gamburg teatrida birinchi boʻlib, aktyor oʻz rolinigina emas, pyesani ham toʻliqoʻrganishini joriy etdi. Bu prinsiplarni F. Talma ([[Fransiya]]) davom ettirib, Rejissyorlik sanʼatida klassitsizmdan romantik teatr tomon burilish yasadi.
 
Rejissyorlik sanʼati yuzaga kelishida 19-a.daasrda Meyningen teatri rejissyorlari (L. Kornek va boshqalar) muhim rol oʻynadi. Muallif matniga ehtiyotkorlik bilan qarash, tarixiy muqitni aniq aks ettirish, ommaviy sahnalarning uygʻunligiga erishish Meyningen rejissurasining ijobiy tomonidir.
 
20-a.asr boshlari Gʻarbiy Yevropa Rejissyorlik sanʼatida formalistik oqimlar hukmron boʻldi (E. Kreg—Angliya, M. Reynhardt—Germaniya, A. Appia—Shveysariya va boshqalar). 20-a.daasrda Gʻarbiy Yevropa Rejissyorlik sanʼati rus rejissurasi ([[Stanislavskiy Konstantin Sergeyevich|K. S. Stanislavskiy]], [[Nemirovich danchenko Vladimir Ivanovich|V. I. NemirovichDanchenko]], [[Yevgeniy Vaxtangov|Ye. B. Vaxtangov]], [[Meyerxold Vsevolod Emilyevich|V. E. Meyerxold]], A. Ya. Tairovlar) taʼsirida rivojlandi.
 
Rejissyorlik sanʼati unsurlari oʻzbek anʼanaviy teatrida paydo boʻlgan. U korfarmon deb atalgan. 1914 yildan oʻz faoliyatini boshlagan yevropa shaklidagi oʻzbek teatrida yozma drama asosida ish olib boruvchi va oʻz spektakllarini bino ichida sahnada koʻrsatilishiga moʻljallab tayyorlovchi malakali rej.lar yetishib chiqa boshlaydi. Rejissyorlik sanʼatining shakllanish jarayoni A. Avloniy, Hamza, M. Majidov (Uygʻur) faoliyati bilan bogʻliq. Dastlabki sahna asarlari maʼrifatchilik, targʻibottashviqot ruhida talqin qilingan. Voqelikni hayotiy vositalar bilan naturalistik yoritish (saxnada rasmana uylar qurish, bugʻi chiqib turgan ovqat, mevacheva ishlatish, buyumlardan foydalanish kabi), personajlar harakterlarini boʻrttirish, ijobiy qahramonlarni birinchi planda koʻrsatish bu davrda Rejissyorlik sanʼatiga xos xususiyatlardir. Moskvada ochilgan oʻzbek drama studiyasida M. Uygʻur, Ya. Bobojonov M. Muhamedovlar aktyorlik mahorati bilan birga Rejissyorlik sanʼati asoslarini ham oʻzlashtirganlar. Ular oʻsha davr rus teatrida hukmron boʻlgan barcha ok,imlarga katta qiziqish bilan qaragan. Ayniqsa, ularga Ye. Vaxtangov va V. E. Meyerxold rej.lik uslubi kuchli taʼsir koʻrsatgan. Mannon Uygʻur boshliq eng yaxshi rej.lar badiiyestetik jihatdan eʼtiborli, realistik, kechinma, histuygʻularga asoslangan sahna asarlari ("Hamlet", "Boy ila xizmatchi" singari) yaratish yoʻlidan borib, oʻzbek rej.lik maktabiga asos soldilar. Sh. Qayumov, A. Turdiyev, J. Obidov, 3. Madaliyev, V. Fayozov, X. Mustafoqulov kabi atokdi aktyorlar ham Rejissyorlik sanʼati rivojiga oʻz hissalarini qoʻshganlar. Opera teatrining tarkib topishi va taraqqiyotida rej.lardan M. Muhamedov bilan E. I. YungvaldXilkevichning xizmati katta. Hozirgi oʻzbek milliy akademik drama teatri, Muqimiy teatri taraqqiyotida N. V Ladigin, A. O. Ginzburg , I.V.Radun, ayniqsa, R.Hamroyev va T.Xoʻjayevlar oʻrni salmokdi boʻlib, drama, musiqali drama janrlarining professional darajaga koʻtarilishi uchun koʻp kuch sarf qilishgan.