Chagʻoniyon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k vikifikatsiya, imlo, replaced: o’n → oʻn using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
{{manba}}
 
'''Chagʻoniyon''' (arab. Sagʻoniyon) - [[Surxondaryo (daryo)|Surxondaryo]] (Chagʻonrud)ning oʻrta va yuqori oqimi boʻylarida joylashgan tarixiymadaniy [[viloyat]]. Dastlab [[Syuan Szan]] tomonidan ([[milod|mil.]] taxminan [[630]] y.) qayd etilgan. Bu hududda insonlar yashaganligining eng qad. izlari [[mezolit]] va [[neolit]] davrlariga oid. Miloddan avvalgi 2ming yillikning 2yarmida bu yerda ilk [[dehqonchilik]] [[manzilgoh]]lari (Moʻlalitepa), miloddan avvalgi 1ming yillik oʻrtasida esa ilk [[shahar]] ([[Qiziltepa (shahar xarobasi)|Qiziltepa]]) vujudga kelgan. [[Miloddan avvalgi I asr|Miloddan avvalgi 1asr]] — [[I asr|milodiy 1asr]]daCh. [[yuyechji]]ylar davlatining asosiy markazlaridan biri boʻlgan. Milodiy 1—[[III asr|3-asr]]lardaCh. [[Kushon podsholigi]] tarkibiga kirgan. Ch.ning [[iqtisod]]i va [[madaniyat]]i bu davrda ravnaq topgan, koʻplab shahar va [[qishloq|qishlok]]lar vujudga kelgan, tovarpul munosabatlari, [[sugʻorma dehqonchilik]], turli kasbhunarlar, tasviriy va amaliy sanʼat (ayniqsa, [[haykaltaroshlik]]) rivojlangan (Xolchayoʻn, [[Dalvarzintepa]]). Milodiy 3—[[IV asr|4-asr]]larning 2yarmida Ch. [[sosoniylar|sosoniy]] kushonshoxdar qoʻl ostida boʻlgan. [[V asr|Milodiy 5-asr]]ning 2yarmi — [[VI asr|6-asr]]da viloyat avval [[Eftaliylar davlati|Eftaliylar]], soʻngra [[Sosoniylar davlati]] tarkibiga kirgan. 6-asrning 2yarmidan — [[VIII asr|8-asr]]ning 2yarmigacha Ch.ni mahalliy [[sulola]] boshqargan, u nomigagina [[Toxariston]]ning oliy hukmdorlari — [[turkiy xalqlar|turkiy]] [[yabgʻu]]larga boʻysungan. Ch.ning ayrim hukmdorlari — xidevlar yoki chagʻonxudotlarning ismlari yozma, [[epigrafika|epigrafik]] va [[numizmatika|numizmatik]] maʼlumotlar boʻyicha aniqlangan: Fagʻanish, Sashr, Zarin, [[Turontosh]], Tish, Xnar. [[VII asr|Milodiy 7-asr]]ning 2yarmida Ch.ga [[arablar]] kirib kelgan, ular 8-asr oxirida mahalliy sulolani tugatganlar. [[IX asr|9-asr]] ning oʻrtasi yoxud 2yarmidan 11 a. boshigacha Ch. — somoniylarning eng qudratli yarim [[mustaqillik|mustaqil]] [[vassallik|vassal]]laridan hisoblangan muxtojiylar sulolasidan boʻlgan [[hokim]]larning [[meros]]iy [[mulk]]i boʻlgan. Bu sulola [[amir]]lari Abu Bakr Muhammad bin Muzaffar (940/941 yil v.e.), ayniqsa, Ahmad bin Abu Bakr Muhammad — [[Abu Ali Sagʻoniy|Abu Ali Chagoniy]] (955/956 yil) Somoniylar [[saroy]]ida eng muhim maʼmuriy mansablarni (jumladan, [[Xuroson]] [[noib]]i va [[sipohsolor]]lik) egallaganlar. Muxtojiylar davrida Ch. tarkibiga hozirgi [[Surxondaryo viloyati]]dan tashqari [[Tojikiston]]ning shim.gʻarbidagi Shuman va [[Oharun|Oxarun]] viloyatlari kirgan. Ch. [[poytaxt]]i ham Sagʻoniyon deb atalib, [[Denov]]dan 6 km jan.sharqsagi [[Budrochtepa|Budroch]] shahri xarobasi oʻrnida boʻlgan. Chagʻoniyon (Sagʻoniyon) shahri bu davrda [[Markaziy Osiyo]]ning eng yirik iqgasodiy va madaniy markazlaridan biri boʻlgan. Ch. Amiri Axmad bin Muhammad esa koʻplab buyuk [[shoir]]lar ([[Daqiqiy]], Farruxiy, Manjuqiy) homiysi (mamdux) sifatida Sharqsa shuhrat qozongan. [[XI asr|11a.11-asr]]ning 1yarmida Ch. maʼlum [[daraja]]da [[qoraxoniylar]]ga qaram boʻlgan, ayrim vaqtlarda u mustaqil mulk hisoblangan. 11a.ning11-asrning 2yarmi — 11-asrning 1yarmida Ch. [[Saljuqiylar davlati]] tarkibiga kirgan. 11-asrning 2yarmi — [[XIII asr|13-asr]] bopsh Ch.ni qoraxoniylar, [[qarluqlar|qarluklar]], [[gʻuriylar]], [[xorazmshohlar davlati|xorazmshoxlar]] [[idora]] ztgan. [[Moʻgʻullar istilosi]]dan soʻng 13a.13-asr oʻrtasida Ch. [[Chigʻatoyxon]]ning [[nabira]]si Yesun Tuvaning , soʻngra uning oʻgʻli [[Baroqxon|Barok]]ning merosiy mulkiga aylangan. Bu davrda Yangi shahar ilgarigi rabod oʻrnida vujudga kelib [[XVI asr|16-asr]] boshiga qadar mavjud boʻlgan, soʻngra [[Shayboniyxon]] tomonidan bosib olintan. Shundan soʻng asosiy markaz Dehinav (hozirgi Denov)ga koʻchgan.
 
== Adabiyot ==