Bolqon urushlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 3 y.lar → 3 yillar (7) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Bolqon urushlari''' — Bolqon ya. o.da 1912—13 yillarda boʻlib oʻtgan ikki urush. Birinchi Bolqon urushi (1912 yil 9 okt. 1913 yil 30 may) Bolqon ittifoqi (Bolgariya, Serbiya, Gresiya, Chernogoriya) bilan Turkiya oʻrtasidagi urush. London sulh shartnomasi (1913 yil 13 may) ga koʻra, magʻlub Turkiya Istanbul va Sharqiy Frakiyaning bir qismidan boshqa Bolqondagi barcha mulklaridan mahrum boʻlgan.
 
Ikkinchi Bolqon urushi (1913 yil 29 iyun — 10 avg .) — Bolgariyani Serbiya, Chernogoriya, Gresiya va ularga qoʻshilgan Ruminiya va Turkiyaga qarshi urushi. Urush Bolgariyaning magʻlubiyati bilan tugadi. Buharest sulh shartnomasiga (1913 yil avg .) koʻra, Bolgariya Ruminiyaga Jan. Dobruja, Gresiyaga Makedoniyaning jan. qismini va Gʻarbiy Frakiyaning bir qismini, Serbiyaga Makedoniya shim. kismining deyarli hammasini berishga, Turkiyaga Adrianopol (Adirna) ni qaytarishga majbur boʻldi. Bolqon urushlari xalqaro ziddiyatlarning keskinlashuviga, 1914—18 yillardagi 1-Birinchi jahon urushining tezlashuviga yoʻl ochib berdi.
 
== Adabiyotlar ==