Ernest Hemingway: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k {{DEFAULTSORT:
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''XEMINGUEY (Hemingway) Ernest Miller''' (1899.21.7, OkPark, Chikago yaqinida — 1961.2.7, Ketchem, Aydaxo shtati) — amerikalik yozuvchi. 1917 yildan KanzasSitida jurnalistreportyor sifatida ish boshlagan. 1-Birinchi jahon urushi qatnashchisi (191418). X. 1928 yilgacha Parijda, 193960 yillarda Kubada yashadi. Dastlabki hikoyalar kitobi — "Bizning zamonda" (1924). "Quyosh chiqadi" (1926, inglizcha nashrlarda "Fiyesta" nomi bilan chop etilgan), "Alvido, qurol!" (1929) romanlarida urushning bemisl mantiqsizliklari, inson haqhuquqlari, erkiga tajovuz, ayni paytda, insoniy mardlik, qadrqimmat va muxabbatning har qanday yovuz kuchlardan ustunligi yorqin ifodalangan.
 
1930-yillarning 1-yarmida X. ijodida tushkunlikni kuzatish mumkin. Shu davrda yozuvchi hayot yoʻlini qayta mulohaza qilib koʻrishga, oʻz ijodining muayyan yoʻnalishlarini aniklashga intiladi. Natijada "Peshindan keyingi oʻlim" (1932), "Afrikaning yashil tepaliklari" (1935), "Gʻolibga bayroq berilmaydi" (1933) hikoyalar toʻplami dunyo yuzini koʻradi. "Hoʻkizning shoxi", "Frensis Makomberning baxti", "Kilimanjaro qorlari" (1936) hikoyalari, "Toʻqchilik va yoʻqchilik" (1937) romanida X. ijodiy yuksalishi koʻzga tashlanadi. X. asarlarida dastlabki jurnalistik kuzatuv oʻrnini tahliliy, qiyosiy mulohaza va mushohadalar egallaydi. U har qanday urushni qoralaydi, shu tufayli insoniyat aziyat chekayotganiga eʼtibor qaratadi. Inson huquqlari yoʻlida, ozodlik kurashida yolgʻiz maydonga tushishning halokatli oqibatlarga olib kelishini oddiy kishilar obrazi orqali ifodalaydi.
Qator 5:
X. 1931—39 yillari ispan xalqining milliy ozodlik kurashida harbiy muxbir sifatida qatnashadi. Shu yillarda uning bir necha ocherk va reportajlari, "Motam qoʻngʻirogʻi" (1940) romani chop etiladi. Bu asarlardagi qahramonlar xalq ozodligi yoʻlida fashizmga qarshi kurashadilar, insoniyat taqdiri uchun oʻzlarining masʼul ekanliklarini qalban his etadilar, kishilar bilan birga iztirobga tushadilar, xavfxatardan qutulish choralarini izlaydilar.
 
2-Ikkinchi jahon urushidan keyin X. ijodida yangi davr boshlangan. Biroq bu davrda yuzaga kelgan "Xavfli yoz" va "Okeandagi orollar" romanlari avvalgilariga qaraganda badiiy jihatdan ancha boʻsh asarlar sanaladi. Lekin maʼlum muddat oʻtib, X. insonning ruhiy xrlatini tadqiq etish bilan jamiyatdagi mavjud vaziyatni ochib berishga qodir asarlarni yaratdi. Badiiy jihatdan ancha yuksak boʻlgan "Daryoning naryogʻida, daraxtlar soyasida" (1950) romani, "Chol va dengiz" (1952) qissasi X.ga katta shuhrat keltirdi. X. 20-a.daasrda oʻzigagina xos boʻlgan qatiy xolislikka asoslangan xarakterli uslubni yaratdiki, keyinchalik Amerika qitʼasidan yetishib chiqqan yozuvchilar bu uslubga teztez murojaat qiladigan boʻlishdi. "[[Chol va dengiz]]", "[[Alvido, qurol!]]" va boshqa asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1954). Ad. Kashkin I., Ernest Xeminguey, M., 1966; Gribanov B., Xeminguey, M., 1970; Finkelshteyn I., Xemingueyromanist, T., 1974; Paporov Yu.N., Xeminguey na Kube, M., 1979. Norali Ochilov<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
 
== Manbalar ==