Turar joy — versiyalar orasidagi farq

qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
k (→‎top: imlo, replaced: shaxar → shahar using AWB)
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3))
Uygʻonish davrida Italiya shaharlarida aslzodalarning saroy palatssolari, villalari, bogʻpark majmualari oʻziga xos meʼmoriy tizim va uslubga ega boʻlgan (Dojlar saroyi va boshqalar).
 
19-a.asr oxiri — 20-a.asr boshlarida rivojlangan Angliya Turar joylari boshqa Yevropa mamlakatlaridagi Turar joy qurilishiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Unda F. Uebb, N.Shou va Ch. Voysi kabi meʼmorlar loyihasi maʼlum bir oila ehtiyojini puxta oʻrgangan holda, uning atrofmuhitini, iqlim sharotini va uyning joylanish oʻrnini, foydalaniladigan qurilish materiallarini namoyish etib, xususiyatini ochib berdi. AQSH, Kanada kabi sanoati rivojlangan mamlakatlarda Turar joy sanoatida ishlab chiqarilgan bir xil andozadagi yigʻma yogʻoch uylardan foydalanish katta imkoniyatlar yaratib berdi. Yevropadagi ishchilar uyi qator yaxlit umumiy maishiy ehtiyojni oqilona hisobga olishni aniq misollarda namoyon etdi. Alohida oilalarning turli ehtiyojlarini hisobga olgan holda bunyod etilgan Angliya kottejpari, koʻpxonadonli oilalarda zamonaviy qulayliklar yaratilgan daromadli uylar meʼmorlarning qurilishda toʻplagan imkoniyat va uslublarini zamonaviy Turar joy turini yaratishida muhim rol oʻynadi.
 
20-a.danasrdan rivojlangan Yevropa mamlakatlarida yangi kurilish materiallari (metall, temirbeton, oyna va boshqalar) zamonaviy Turar joy qurilishiga tadbiq etildi. Shaharlarda aholi sonining keskin oshishi natijasida daromad keltiradigan uylarning koʻplab qurilishiga eʼtibor berildi. Turar joylar kurilishida zamonaviy kulayliklar (vodoprovod, kanalizatsiya, gaz, lift va boshqalar) ga ega boʻlgan, bir-biri bilan tutashgan seksiyalar, qavatmaqavat takrorlanuvchi xonalar guruhidan iborat koʻp kavatli uymajmualar keng tarqaldi. Oʻzbekistondagi dastlabki Turar joy qoldiqlari Zamonbobo, Jarqoʻton, Jonbosqalʼa, Dalvarzintepa, Termiz, Tuproqqalʼa kabi shaharqurgʻonlar, qalʼalardan topilgan. Kurilishda yogʻoch, loy, paxsa, guvaladan foydalanilgan. Varaxsha, Afrosiyob, Bolaliktepa va boshqalardagi saroy devorlari rayem, haykal va boʻrtma bezaklar bilan pardozlangan. 6—8-a.lardagiasrlardagi Kesh, Sugʻd, Tohariston, Chagʻoniyon, Shosh kabi manzillardagi Turar joylar, asosan, sugʻoriladigan sersuv yerlarda bunyod etilgan. Shahar atrofidagi mavzelarda xunarmand, dehqonlar yashagan. Qadim Turkiston yaylovlarida yashagan turkiy aholi yengil koʻchma uylarning ajoyib tur va shakllarini yaratgan (utov, yurt, chodir, xirgoh, kapa, olachuq va boshqalar). Koʻchmanchilarning 2 yoki 4 gʻildirakli aravalarga urnatilgan qamish uylari haqida sayyoh va elchilar Marko Polo, Plono SHL Karpini va boshqalarning "YA sayohatnomalarida yozilgan. Xorazmshoh Abulgʻoziy Bahodirxon aytishiga koʻra qangʻli arava (kuchma uy)ni dastlab kashf etgan turkiy qavm keyinroq Qangʻli nomi bilan mashhur boʻlgan. Qangʻli uylar mil.av. 4-a.daasrda ham keng tarqalgan. Koʻchmanchilar oʻtroq hayotga oʻtganda ham chodir, oʻtov kabilar yogʻoch qurilmalar va namat, julxirslar asosida bunyod etilgan. Shular qatori ulkan paxsa devorli, xom gʻishtdan terilgan baland devorli qalʼaqoʻrgʻonlar, shahar devorlari tiklangan.
 
Amir Temur hukmronligi davrida qurilgan Turar joy meʼmorligi oʻzining hashamatliligi, muhandislik ilmining yuksakligi, serhasham bezaklarga boyligi bilan ajralib turadi (q. [[Amir Temur bogʻlari]], [[Oqsaroy]]). Tarixiy manbalarda saroy, chorbogʻ va boshqa haqida qiziqarli maʼlumotlar saqlangan.
Shahar markazlarida mahapla va guzarlar shakllanib, ularda xunarmand va savdogarlar koʻplab doʻkonlar (chorsu, tim, toqilar) katorida oʻzlarining hashamatli Turar joylarini ham qurganlar. Turar joylar ichkari va shashqari hovlili boʻlib, xonadon egasining mavqeiga karab jihozlangan. Mehmonxonalar oʻziga xos milliy bezaklar (tokcha, taxmonli, shipi vassaln, hovuzashm, devorlari namoyonli naqshlar) bilan bezatilgan. Gilam, choyshab, soʻzana, sandh, kuti, xontaxta kabi uyroʻzgʻor buyumlari bilan jihozlangan.
 
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qoʻqon, Toshkent kabi koʻhna shaharlarda, asosan, 18—19-a.largaasrlarga oid Turar joy namunalari sakdangan, ularda oʻziga xos shaklu shamoyil, pastbalandliklardagi mutanosiblik, mahalliy qurilish ashyolaridan foydalanish, quyoshning jazirama issigʻini toʻsuvchi usullarning hammasi hisobga olingan. Uylarning fayzi hovlilar orkali namoyon boʻlgan, koʻcha tomondan faqat oʻymakor eshik va darvoza oldidagi ayvoncha koʻzga tashlanadi. T.jlarni hovliaGʻa va ayvonsiz tasavvur qilib boʻlmaydi (q. [[Toshhovli]], [[Sitorssh Mohi Xosa]], [[Nurullaboy saroyi va b]].).
 
Chor Rossiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olgach, anʼanaviy Turar joylar bilan bir qatorda Toshkent, Samarqand, Kogon, Andijon, Skobelev (Fargʻona), Qoʻqon va boshqa shaharlarda 1—2 qavatli uylar yevropacha uslubda qurila boshlandi. Bu binolarning meʼmoriy qiyofalari mahalliy sharoitga dastlab begona koʻringan. 20-a.asr boshlarida ishchilar uchun yangi arzon,oddiy Turar joylar Toshkentdagi Temir yoʻl koʻchasi (sobiq Tezikov bogi) dagi ishchilar shaharchasida qurila boshlandi. Boy va savdogarlar Turar joylari — Toshkentdagi Romanov saroyi, A.Polovsev uyi, Qoʻqondagi akauka Simxoyevlar uylari, Knaab uyi, Samarqandda Kalontarov uyi va boshqalarni rus harbiy muhandislari I.A.Markevich, G.M.Svarichevskiy, V.S.Geynselman va boshqa mahalliy xalq ustalari bilan hamkorlikda qurganlar. 1937 yildan uyjoy boshqarmalariga qarashli 4—5 qavatli Turar joy binolari, keyinchalik 9 qavatli (1966 yildan) yigʻma temirbeton Turar joylar qurilishi avj oldi. Qishloq meʼmorligida R.Abdurasulov, A.Mahkamov, V.Kolomenskiy kabi meʼmorlar loyihasi asosida 2 qavatli kottejlar bunyod etiddi. Qishloklarda 3—4 qavatli uylarning joriy etilishi aholiga ancha noqulayliklar keltirib chiqardi. 70-yillardan loyiha intlari tomonidan bir xil andozadagi loyihalarning yangi turlari yaratildi. 80 yillardan 16 qavatli va undan baland eksperimental Turar joylar bunyod etildi. Shaharlarda aholining keskin koʻpayishi natijasida yirik Turar joy massivlari (Chilonzor, Sergeli, Yunusobod, Yalangʻoch, Sebzor va boshqalar)dagi Turar joy binolari qurilishida 76, 146, 148, 176 turkumdagi loyihalardan foydalanildi. Ammo bu loyihalar ancha qulayliklarga ega boʻlish bilan birga, yashovchilarning mahalliy extiyoj va talablarini toʻla qondira olmas edi. Bu ehtiyoj va talablar, asosan, 1—2 qavatli shaxsiy Turar joylarda amalga oshirildi.
 
Turar joylar meʼmorligi hozirgi vaqtda turli jihatlarga koʻra tasniflanadi, jumladan, qurilish ashyolari boʻyicha (gʻishtli, betonli), qurilish texnologiyasi boʻyicha (yirik blokli, panelli), oʻzaro birikuvi boʻyicha (bloklangan, alohida qurilgan), loyihalarini amalga oshirish qirralari boʻyicha (individual, takroriytipik), qavatlari boʻyicha (kam qavatli, koʻp qavatli), xonadon (kvartira)larning oʻzaro birikuvi boʻyicha (galereyali, seksiyali kabi), egalik boʻyicha (shaxsiy, shirkatga qarashli, davlat mulki), hovlining mavjudligi va yana b. jihatlari boʻyicha ajratiladi. Shahardan tashqaridagi Turar joylar soddaroq koʻrinishi bilan farqlangan.
6 807

ta tahrir