Gvineya-Bisau: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 15:
Gvineya-Bisau xalqining qadimgi va oʻrta asrlardagi tarixi oʻrganilmagan. 15-asr dan boshlab Portugaliya mustamlakachilari hozirgi Gvineya-Bisau hududini qul bozoriga aylantirdilar. 16 – 18-asr larda portugaliyalik qul savdogarlari bu yerda bir necha tayanch bazalar (Farin, Kasheu, Bisau va boshqalar) kurib, yuz minglab qullarni Amerika va Vest-Indiyaga olib ketdilar. 19-asr da Afrikani boʻlib olish boshlangan vaqtda Portugaliya Gvineya-Bisau ustidan nazoratni yanada kuchaytirdi. 1879 yil alohida mustamlaka deb eʼlon qilindi.
 
Gvineya-Bisau aholisi mustamlakachilarga qarshi keskin kurashib, tayanch bazalariga teztez hujum qilib turdi. 1908 yil mustamlakachilarga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni 1915 yil gacha davom etdi. 2jahonIkkinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati keng tuye oldi. 1951 yilda Gvineya-Bisau Portugaliyaning "dengiz orti viloyati" maqomini olgan bulsada, mustamlaka holati oʻzgarmadi.
 
1956 yilda "Gvineya va Yashil Burun orollari mustaqillik Afrika partiyasi" mustaqillik kurashiga rahbarlik qildi. 1962 yilda qurolli kurash boshlanib, 1970 yil boshlarida mamlakatning oʻchdan ikki qismi mustamlakachilardan ozod qilindi va hukumatning mahalliy organlari tuzildi. 1972 yil mahalliy muxtoriyat huquqini oldi. Shu yili Millat xalq majlisiga deputatlar saylandi. 1973 yil 24 sentabr da Millat xalq majlisining birinchi sessiyasi mustaqil Gvineya-Bisau Respublikasi tuzilganligini eʼlon qildi. Portugaliyadagi fashistlar rejimi agʻdarilgach (1974), Portugaliyaning yangi hukumati 1974 yil 10 sentabrda Gvineya-Bisau mustaqilligini tan oldi. Gvineya-Bisau 1974 yildan [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]] aʼzosi. Milliy bayrami – 24 sentabr – Mustaqillik kuni (1973).