Zoologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 7:
Hayvonlar haqidagi ilk yozma maʼlumotlar mil. av. 5—4 a.ga oid Misr, Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Z.ni rivojlantirishda Aristotel asarlari muhim rol oʻynaydi. U 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot kechirishi va tarqalishi haqida maʼlumot bergan. Qad. Rim tabiatshunoslaridan Gay Pliniy (mil. 23—79 y.lar) oʻzining 37 kitobdan iborat "Tabiat tarixi" asarida oʻsha davrda maʼlum boʻlgan barcha hayvonlarni taʼriflab bergan. Boshqa tabiiyot fanlari qatori Z.ning bundan keyingi rivojlanishi Uygʻonish davridan boshlanadi. Bu davrda Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan kabi sayyoxlarning dengizlar osha sarguzashtlari natijasida ilgari no-maʼlum boʻlgan yangi hayvon turlari kashf etildi. Ayni shu davrda shveysariyalik vrach va naturalist K. Gesnerning (1516—1565) 17 jildli "Hayvonlar tarixi" ensiklopedik asari pay-do boʻladi.
 
Z.ning taraqqiyotida 17-a.daasrda mikroskopning kashf etilishi katta ahami-yatga ega boʻldi. Golland olimi A. Le-venguk "Mikroskop yordamida ochilgan tabiat sirlari" asari orqali mikros-kopik hayvonot dunyosini ochib berdi. Italiyalik olim M. Malpigi umurt-qali xayvonlar qon aylanish, ayirish sistemasi va terisining tuzilishini tushuntirib berdi. 17-a.asr oxiri va 18-a.ningasrning 1-yarmida J. Rey va ayniqsa K. Linneyning ishlari tufayli hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasiga za-min yaratildi. Aynan oʻsha davrdan 3. ayrim mustaqil tarmoklarga ajrala boshladi. K. Linney tur, urugʻ (avlod), turkum, sinf deb nomlangan sistematik kategoriyalarni umumlab berdi. Linney hayvonot dunyosini sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar (suvda va quruqlikda yashovchilar bilan birga), baliqlar, hasharotlar va chu-valchanglar sinflariga ajratadi. U turni ikki nom bilan atash (binar nomenklaturshik taklif etadi. Fransuz J. Byuffon 3. sohasidagi barcha maʼlu-motlarni toʻplab, 36 jildli "Tabiat tarixi" asarini yozadi. Fransuz olimi J. Kyuvye qad. hayvonlarning kaznima qoldiqlarini oʻrganadi va organiz-mning bir butunligi, organlarning oʻzaro bogʻlikligi toʻgʻrisidagi organlar korrelyasiyasi taʼlimotini yaratdi. U fanga "tip" tushunchasini kiritdi va hayvonot olamini umurtqalilar, yumshoq tanlilar, boʻgʻimoyoklilar, ignaterililar tiplariga hamda 19 sin-fga ajratadi. 19-a.daasrda biol.da tirik tabiatning murakkab formalari oddiy formalardan kelib chiqqanligidagi evolyusion gʻoyalarning rivojlanishida T. Shvan va M. Shleyden tomonidan hujayra nazariyasining ilgari suri-lishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Turlarning oʻzgarishi va oddiy formalarning kelib chiqishini birinchi boʻlib J. B. Lamark tushuntirib berdi. U Linney sistematikasini takomillashti-rib, hayvonlarni 14 sinfga ajratadi.
 
Organik dunyo evolyusiyasi haqidagi materialistik taʼlimot asoschisi Ch. Darvin Z.ning rivojlanishiga ham be-vosita oʻz hissasini qoʻshgan, uning "Bigl" kemasida sayohatlari toʻgʻrisidagi "Izlanishlar kundaligi" (1839) asarida Jan. Amerika va unga yaqin orollardagi kemiruvchilar, qushlar, kaltakesaklar, toshbaqalar va b. hay-vonlar toʻgʻrisida ilk bor maʼlumot beriladi. Ayniqsa, uning boshchiligida tayyorlangan "Zoologiya" asari, "Moʻylovoyokli qisqichbaqasimonlar" monografiyasi (1851—54) katta ahamiyatga ega boʻldi. Z.da evolyusion gʻoyalar faqat Ch. Darvinning "Tabiiy tanlanish yoʻli bilan turlarning paydo boʻli-shi" asari nashr etilgandan soʻng toʻla-toʻkis oʻz asosini topdi. Olimning taʼ-limoti Z.ga qiziqishni yanada kuchay-tirib, bir qancha mamlakatlarda 3. jamiyatlari tashkil etildi. 1889 y.dan boshlab zoologlarning xalqaro sʼyezdi, entomologlar va ornitologlarning xa-lqaro kongresslari chaqirila boshlandi. Dengiz, okean va quruqlik hay-vonlarini oʻrganish maqsadida juda koʻplab ekspeditsiyalar tashkil etiladi.
 
20-a.ningasrning 2-yarmidan boshlab sistematika sohasidagi tadqiqotlarda anʼ-anaviy usullar bilan bir qatorda tobo-ra koʻproq biokimyoviy, serologik, ka-riologik, molekulyar va genetik usullar keng tadbiq qilina boshladi. Bu borada DNK molekulasi strukturasining aniklanishi (A. N. Belozerskiy), tuproq hosil boʻlishida hayvonlar ahamiyatining koʻrsatib berilishi (Gilyarov), zararkunanda hasharotlarga qar-shi kurashning genetik usuliga asos solinishi (A. S Serebrovskiy) katta ahamiyatga ega boʻldi.
 
Oʻzbekistonda Z.ning rivojlanishi Sharqning buyuk allomalari nomi bilan bogʻliq. Abu Rayhon Beruniy 101 hay-von va ulardan olinadigan doridar-monlar toʻgʻrisida yozib qoldirgan. Uning "Hindiston" asarida (1030) bu oʻlka hayvonlari toʻgʻrisida qiziqarli maʼlumotlar keltiriladi. Abu Ali ibn Siyaoning "Kitob ash-shifo" asarida odamda parazitlik qiluvchi gelmintlar toʻgʻrisida maʼlumot beriladi. Bu asardagi ayrim gelmintlar nomi (qovoqsimon qurt, mitti qurt) xrzir-gacha saqlanib qolgan.
 
Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekiston hayvonot dunyosini oʻrganish boʻyicha maxsus ilmiy tadqiqotlar 19-a.ningasrning 2-yarmidan boshlandi. Rus olimi N.A. Seversov Orol dengizi, Ustyurt, Qi-zilqum, Sirdaryo, Pomir, Tyanshan hayvonlarini; A. P. Fedchenko Olay va Zarafshon vodiysi hayvonlarini oʻrganadi. V. F. Oshanin "Turkiston yarim qattiq qanotlilari faunasi" asarida hasharotlarning 700 dan ortiq turi toʻgʻrisida maʼlumot bergan. Uning ta-shabbusi bilan 1876 y.da Toshkentda tabiat muzeyi ochiladi. 20-a.ningasrning boshlarida olib borilgan zoologik tadqi-qotlar, asosan, mahalliy aholi oʻrta-sida keng tarqalgan parazit va kasallik tarqatuvchi hayvonlarni oʻrganish, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyoning turli xududlariga bir qancha ekspeditsiyalar uyushtirilib, bezgak chivini va rishtaning biol.si batafsil oʻrganil-di (L. M. Isayev, N. I. Xodukin). Bir qancha hududlarda bezgakni tadqiq qiladigan stansiyalar va Tropik kasalliklar instituti (hoz. Tibbiyot parazitologiya instituti) tashkil etildi. Bu tadbirlar tufayli 20-a.ningasrning oʻrtalariga kelib bezgak va rishta batamom tugatildi.
 
Oʻzbekiston hayvonot dunyosini oʻrganish, ayniqsa, Turkiston davlat unti tashkil etilgandan soʻng jadallashdi. Bu davrdagi zoologik tadqiqotlar hayvonlarning deyarli barcha taksonomik guruxlarini oʻz ichiga oladi. Untning zoologiya va gidrobiologiya kafedralarida tuproq hayvonlari (bir hujayralilar, nematodalar, yomgʻir chu-valchanglari), suv havzalari plankton tarkibi va hasharotlar oʻrganildi (A. L. Brodskiy, Ye. S. Kiryanova, S. D. Muraveyskiy, N. A. Keyzer, V. F. Gur-vich, V. P. Nevskiy). Zoologik tadqiqotlar miqyosi Oʻzbekistonning turli shaharlarida oliy oʻquv yurtlari va, ay-niqsa, Oʻzbekiston FA Zoologiya ins-tituti tashkil qilinishi tufayli yanada kengaydi. 20-a.ningasrning oʻrtalari va 2-yarmidagi asosiy tadqiqotlardan tuproq bir hujayralilari (A. L. Brodskiy, V. F. Nikolyuk va b.), oʻsimlik nematodalari (A. Toʻlaganov , Sh. Xurra-mov, 3. Norboyev, O. Mavlonov va b.), yovvoyi va q.x. hayvonlari gelmintlari (M. Sultonov, I. Ergashev, J. Azimov, T. Krbilov, N. Matjonov, Sh. Azimov, S. Dadayev va b.), oʻrgimchaksimonlar (N. Ergashev) va zararkunanda hasharotlarni (V. Yaxontov, S. Alimu-hamedov, R. Olimjonov, A. Muhammadiyev, A. Hamroyev, M. Ahmedov, G. Du-bovskiy, B. Allamurodov va b.) oʻrganish sohasida olib borilgan tadqiqotlar ayniqsa salmokli boʻldi. Parazit ikki qanotlilar va bir hujayralilarni oʻrganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish boʻyicha ham keng miqyosda tadqiqot ishlari olib borildi (E. Gan, M. Qodirova, A. Obidjonov, O. Davronov va b.). Oʻzbekistonda gidrobiologik tadqiqotlar suv hav-zalarining biologik mahsuldorligini oshirish, yangi tur hayvonlarni iqlimlashtirish bilan bogʻliq boʻldi (A. L. Brodskiy, S. D. Muraveyskiy, N. Kayzer, G. Bulgakov, V. Gurvich, A. Muhammadiyev, F. Komilov, M. Abdullayev, I. Mirabdullayev, A. Omonov va b.). Oʻzbekiston hududida umurtqali hayvonlar toʻgʻrisidagi ayrim maʼlumotlar 19-a.ningasrning 1-yarmida paydo boʻlgan. Lekin ularni keng miqyosda oʻrganish faqat 20-a.ningasrning boshlarida boshlandi. 20-a.ningasrning oʻrtalari va oxirida sut emizuvchilar (D. Kashkarov, T. Zohidov, O. Mitropolskiy. I. Kolesnikov, Ya. Dovlatov), kushlar (D. Kashkarov, R. Meklenbursev, A. Sagitov, O. Bogdanov, S. Baqoyev, E. Shernazarov), sud-ralib yuruvchilar oʻrganildi (T. Zohi-dov, O. Bogdanov), hayvonlar qazilma qoldiklari (B. Botirov va b.) tadqiq qilindi.
 
Soʻnggi yillarda 3. sohasidagi tadqiqotlarda ekologiya, biokimyo, biofizika bilan bogʻliq izlanishlarga keng oʻrin berildi. 3. sohasidagi asosiy mu-ammolar hayvonot dunyosi biologik xilma-xilligini hamda endemik, noyob va soni kamayib ketayotgan turlarni saklab qolish va koʻpaytirish bilan bogʻ-liq. Oʻzbekistonda 3. sohasidagi tad-qiqotlar Oʻzbekiston FA Zoologiya, Chorvachilik, Veterinariya, Q.x. ekinlarini himoya qilish intlarida, de-yarli barcha universitetlar, tibbiyot va pedagogika institutlari kafedralarida olib boriladi.