Gaz sanoati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Gaz sanoati''' — yer bagʻridan tabiiy gaz chiqarish, qattiq va suyuq yoqilgʻilardan sunʼiy gaz olish, aholi va sanoat taʼminoti uchun quvurlardan gaz yuborish hamda gazdan kimyoviy mahsulotlar olish sanoati. Gazning asosiy turi yer bagrining 200—7000 m chuqurlikdagi gʻovak jinslarida boʻladigan yonuvchi tabiiy gazdir. Uning tarkibi metan (SN4)dan iborat. 1 m3 tabiiy gaz 8000—8500 kkal issiqlik beradi. Neft tarkibidan ajralgan gazlar ham boʻladi, ular neft konlaridan neft bilan birga chiqadi. Bunday gazlardan 10000 kkal/m3 gacha issiqlik ajraladi. Sunʼiy gazlar qattiq va suyuq yoqilgʻini termik yoʻl bilan qayta ishlash hamda koʻmirni yer ostida gazga aylantirish natijasida hosil qilinadi. Generator gazi, koks gazi kabilar sunʼiy gazlar hisoblanadi. Generator gazining 1 m3 1000—1050 kkal issiqlik beradi. Gaz yoqilgʻisi isteʼmolchilarga magistral gaz quvurlari, gazni maʼlum bosimda uzatadigan murakkab kompressor st-yalari va yer osti gaz omborlari vositasida yetkaziladi.
 
G. s. dastlab 18-a.ningasrning oxiri — 19-a.asr boshlarida Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya kabi davlatlarda toshkoʻmirdan olingan gazdan shaharni yoritish maqsadida foydalanish yoʻlga qoʻyilgandan boshlab shakllana boshladi. Keyinchalik 19-a.ningasrning 2-yarmida kumirdan gaz oluvchi qurilma — gaz generatori yaratildi. Bundan tashqari 20-a.ningasrning 20-y.larigacha neft gazlaridan ham foydalanib kelindi. Lekin bu davrgacha hali tabiiy gaz zaxiralari aniqlanmagan, ulardan foydalanilmas edi.
 
Tabiiy gaz zaxiralari topilgach, uning afzalliklari (boshqa yoqilgʻi turlariga nisbatan tabiiy gazni qazib olish osonligi va arzonligi, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning qulayligi, mehnat sharoitini yengillatishi va b.) G. s.ning tez surʼatlar bilan taraqqiy etishiga olib keldi. Shuning uchun gaz konlarini topish va ularni ishga tushirish ishlariga katta ahamiyat berildi.