Marokash: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 6:
 
== Davlat tuzumi ==
M.Marokash — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1972 yilda qabul qilingan, unga 1992 va 1996 yil referendumlarda qabul qilingan oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1999 yildan Muhammad VI). U bosh vazir va vazirlarni tayinlaydi hamda lavozimidan boʻshatadi, Vazirlar Kengashida raislik qiladi, parlamentni tarqatib yuborishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya xokimi-yatni hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
M.Marokash hududining aksar qismini togʻlar, baland tekisliklar va plato (meseta)lar egallaydi. Jan.gʻarbdan shim.-sharq tomon Atlas togʻlari choʻzilgan, uning eng baland nuqtasi — Tubqol togʻi (4165 m). Atlantika okeani sohili — yirik pasttekisliklar. Oʻrta dengiz sohilining koʻp qismi togʻlik, qulay buxtalari bor. Jan. va jan.sharqdagi Sahroi Kabir choʻli qumloq va toshloqlan iborat. M.Marokash hududida zilzilalar boʻlib turadi. Kobalt, marganets, qoʻrgʻoshin, pyx, barit, mis, temir rudalari, toshtuz, koʻmir konlari bor. M.Marokash koʻp qismining iqlimi subtropik; iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°— 28°, yanvar niki 10°—12°, togʻlardagi iqlim — kontinental. Oʻrtacha yillik yogʻin togʻlarda va shim.da 1000 mm ga yaqin, jan.da 200 mm gacha. Koʻp daryolari yozda qurib qoladi. Asosiylari: Muluya, Sebu, Umm-urRobia. Quruq oʻrmon va butazorlarning tuproklari jigarrang . Shim.dagi sohil tekisliklari va togʻ orasidagi soiliklar hamda vodiylarning qumloq, gilli qoramtir tuproklari gʻoyat umumdor. Oʻrmonlar, asosan, togʻlarda saqlanib qolgan va M.Marokash hududining salkam 12% ni tashkil etadi. Qurgʻoqchil dasht, chala choʻl va choʻllarda alfa oʻti, shuvoq va d-rin, Oʻrta dengiz sohilida makvis butalari oʻsadi. Hayvonlardan quyon, yovvoyi choʻchqa, chiyaboʻri, ilon, toshbaqa, shuningdek, amfibiyalar, parranda, ha-sharot va chayonlar bor. Togʻlarda makaka maymun, sirtlon, pantera, togʻ daryolarida xonbaliq uchraydi. Dengizdan baliq ovlanadi.
 
Aholisining asosiy qismi — marokashlik arablar va barbarlar. Fransuzlar, ispanlar, portugallar va yahudiylar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom. Shahar aholisi 45,5%. Yirik shaharlari: Kasablanka, Rabot, Marokash, Fos, Miknas, Tanjer va boshqa
 
== Tarixi ==
Hozirgi M.Marokash hududida azaldan liviy qabilalari (qad. barbarlar) yashab, ovchilik va chorvachilik, qisman dehq-onchilik bilan shugʻullangan, Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirlarida sohilda finikiylarning bir qancha jamoalari paydo boʻlgan; bu jamoalar keyinchalik Karfagen qoʻl ostiga, Karfagen yemirilganidan keyin (miloddan avvalgi 2-asr) Shimoliy M.Marokash Rim imperiyasi qoʻl ostiga oʻtdi. Ana shu davrda yirik dehqonchilik paydo boʻldi, shaharlar vujudga keddi. Birok, M. ningMarokashning kup kismida urugʻchilikqabilachilik tuzumi xukmron edi. 5-asrda M.ningMarokashning shim. kismini vandallar, 6-asrda Vizantiya bosib oldi.
 
702—711 yillarda M.Marokash hududi arab xalifaligiga qoʻshib olindi. Mamlakatda arab tili va islom dini tarqala boshladi. 788 yil M.dagiMarokashdagi birinchi davlat — Idrisiylar davlati tashkil topdi. 9-asrning 20-yillarida Idrisiylar davlati bir necha mayda xonliklarga boʻlinib ketdi. 13-asrning 2-yarmida M.daMarokashda hokimiyat barbarlar sulolasi — Mariniylar qoʻliga oʻtdi (1195—1465). Bu davrda qishloq xoʻjaligi ancha taraqqiy etdi, madaniyat yuksaldi; Fos shahri madaniyat markazi boʻlib qoldi. Birok, 15-asrda mamlakat yana boʻlinib ketdi. Ana shu davrdan M.Marokash hududini yevropaliklar — Atlantika okeani sohilini portugallar, Oʻrta dengiz sohilini ispanlar bosib ola boshladi.
 
17-asr oxiri va 18-asr boshlarida marokashliklar yevropaliklarni M.danMarokashdan, asosan, haydab chiqardilar. 19-asrning 40-yillaridan Yevropa davlatlarining qoʻshinlari yana kirib kela boshladi — 1844 yil Fransiya, 1859 yil Ispaniya M.Marokash hududining bir qismini bosib oldi. Yevropa davlatlarining mamlakat ichkarisiga kirib borishiga yoʻl qoʻymaslik, parokandalikka barham berish, shuningdek, toʻxtovsiz qoʻzgʻolonlarni bostirish uchun Sulton Hasan I (1873— 94) bir qancha islohot oʻtkazdi (jumladan, armiya zamonaviylashtirildi, harbiy zavodlar, yangi portlar quriddi). 1907 yil Fransiya qoʻshinlari M.ningMarokashning shim.-sharqidagi Vujda shahri atroflarini, soʻngra Kasablanka shahri va Shauya viloyatini, Ispaniya Melilya shahri atroflarini bosib oldi. Bunga javoban mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1912 yil tuzilgan Fransiya-M.Marokash (30 mart) va Fransiya-Ispaniya (27 noyabr) shartnomalariga koʻra, M.Marokash hududining katta qismi (80%)da Fransiya, kichikrok, shim. va jan. qismlarida Ispaniya protektorati oʻrnatildi; bir qismi (Tanjer) xalqaro zona boʻlib qoldi.
 
M.Marokash xalqi bosqinchi davlatlarning hukmronligiga qarshi umumiy qoʻzgʻolon koʻtardi. 1921 yil rif qabilalari Abdulkarim rahbarligida Rif viloyatida ispanlar qoʻlidan hokimiyatni tortib olib, mustaqil Rif Respublikasini tuzdilar. Ammo Ispaniya-Fransiyaning birlashgan kuchlari bilan boʻlgan shiddatli janglardan keyin Rif Respublikasi tormor qilindi (1926). Birok, Fransiya zonasidagi qabilalar mustamlakachilarga karshi qattiq qarshilik koʻrsatishni davom ettirdilar. Ikkinchi jahon urushi yillarida ozodlik harakati kuchayib ketdi.
 
50-yillarning boshida esa norozilik harakatiga keng xalq ommasi qoʻshildi. Fransiya protektorati hokimlari milliy ozodlik harakati qatnashchilarini quvgʻin ostiga oldi. 1952 yil 8 dek. da Kasablankada ommaviy namoyish qatnashchilaridan yuzlab kishilar oʻldirildi, minglarcha kishi qamoqqa olindi. 1954 va 1955 yillarda M.daMarokashda yana ish tashlashlar va namoyishlar boʻlib oʻtdi. Dunyodagi boshqa ilgʻor kuchlar M.Marokash xalqining milliy ozodlik harakatini qoʻllab quvvatladilar. Oqibatda Fransiya protektorata M.daMarokashda milliy hukumat tuzish uchun rozilik berishga (1955 yil 7 dek.) va uning milliy mustaqilligini tan olishga majbur boʻldi (1957 yil 2 mart). 1956 yil 7 apr.da Ispaniya protektorata ham bekor qilindi, 1957 yil 1 yanvaryanvarda Tanjer Marokash tarkibiga qoʻshildi. 1962 yil dek.da Marokashning birinchi konstitutsiyasi qabul etildi, 1963 yil mayda parlament saylovi boʻlib oʻtdi. Xalq ommasi ahvolining yomonlashuvi, ishsizlar sonining koʻpayishi oqibatida mamlakat ichkarisida ahvol keskinlashib ketdi. Natijada hukumat aʼzolari tez-tez almashinib turdi. "Istiqlol" partiyasi parokandalikka uchradi. Partiya ichida boʻlinish roʻy berdi; uning soʻl qismi Xalq kuchlari milliy ittifoqi partiyasi nomi bilan ajralib chikdi (1959). 1964—65 yillarda yirik shaharlarda iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi, tub iqtisodiyijtimoiy oʻzgarishlar oʻtkazilishi shior’?1ari ostida ish tashlashlar va ommaviy mitinglar boʻlib oʻtdi. Lekin bu harakatlar qurol kuchi yordamida bostirildi. 1965 yil 7 iyunda Marokashda fav-qulodda holat eʼlon qilindi, qirol hukumat isteʼfosini qabul qildi, parlamentni tarqatib yubordi va qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi.
 
da Tanjer M. tarkibiga qoʻshildi. 1962 yil dek.da M.ning birinchi konstitutsiyasi qabul etildi, 1963 yil mayda parlament saylovi boʻlib oʻtdi. Xalq ommasi ahvolining yomonlashuvi, ishsizlar sonining koʻpayishi oqibatida mamlakat ichkarisida ahvol keskinlashib ketdi. Natijada hukumat aʼzolari tez-tez almashinib turdi. "Istiqlol" partiyasi parokandalikka uchradi. Partiya ichida boʻlinish roʻy berdi; uning soʻl qismi Xalq kuchlari milliy ittifoqi partiyasi nomi bilan ajralib chikdi (1959). 1964—65 yillarda yirik shaharlarda iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi, tub iqtisodiyijtimoiy oʻzgarishlar oʻtkazilishi shior’?1ari ostida ish tashlashlar va ommaviy mitinglar boʻlib oʻtdi. Lekin bu harakatlar qurol kuchi yordamida bostirildi. 1965 yil 7 iyunda M.da fav-qulodda holat eʼlon qilindi, qirol hukumat isteʼfosini qabul qildi, parlamentni tarqatib yubordi va qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi.
 
1970 yil iyulda favqulodda holat bekor qilindi. 21 va 28 avg .da parlament saylovi boʻlib oʻtdi. 1972 yil 1 martda referendum boʻlib, yangi konstitutsiya qabul qilindi, parlament va hukumatning huquqlari bir oz kengaytirildi.
 
Qirol Hasan II iqtisodiy va siyosiy islohotlar zarurligini anglab, 1973 yilda bir qancha iqtisodiy tadbirlar oʻtkazilishini eʼlon qildi. Xalq-aro maydonda betaraflik siyosatini oʻtkaza boshladi. Konstitutsiyaga 1992 yilda kiritilgan oʻzgartirishlarga bi-noan, parlamentning hukumat faoli-yati ustidan nazorati kuchaytirildi, M.ningMarokashning inson huquqlariga sodikligi mustahkamlandi. M.Marokash 1956 yildan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1993 yil 11 okt.da oʻrnatgan. Milliy bayrami — 30 iyul — Taxt kuni (1999).
 
== Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Istiqlol partiyasi, 1943 yil tashkil etilgan; Xalq kuchlari milliy ittifoqi partiyasi, 1959 yil tuzilgan; Taraqqiyot va sotsializm partiyasi, 1974 yil asos solingan; Konstitutsiyachi ittifoq, 1983 yil taʼsis etilgan; Xalq harakati partiyasi, 1959 yil tuzilgan; Milliy demokratiyu partiya, 1981 yil asos solingan; Xalq milliy harakati, 1991 yil tashkil etilgan; Mustaqil milliy uyushma, 1978 yil taʼsis etilgan; Xalq kuchlari sotsialistik ittifoqi, 1974 yil tuzilgan; Sotsialdemokratik harakat, 1996 yil asos solingan. M.Marokash mehnatkashlari umumiy ittifoqi, 1960 yil tashkil etilgan; M.Marokash mehnat ittifoqi, 1955 yil tuzilgan; Demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1978 yil asos solingan.
 
== XoʻjaligiIqtisodiyoti ==
M.Marokash — agrar mamlakat boʻlib, sanoat va, ayniqsa, konchilik birmuncha rivojlangan. Iqtisodiyotida yirik qishloq xoʻjaligi fermalari va zamonaviy sanoat korxonalari bilan bir katorda qad. sektor — yarim natura va mayda tovar dehqon xoʻjaliklari katta oʻrin tutadi. Mustaqillikka erishilgandan keyin M.Marokash hukumati iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlarini rivojlantirish, milliy xoʻjalikni tarmoq, hudud jihatidan va tuzilmaviy nisbatlar jihatidan tartibga solish siyosatini yurgiza boshladi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 18%, sanoatniki 19,6%ni tashkil etadi.
 
Qishloq xoʻjaligi — M.Marokash iqtisodiyotining negizi. Ekiladigan yerlar 7,5 mln. gektardan ortiq, bu yerlarning koʻp qismiga donli ekinlar ekiladi. Iqtisodiy faol aholining 50% qishloq xoʻjaligida band. Yalpi ichki mahsulotning 1/5 va eksportning 1/3 qismini q.h. taʼminlaydi. Dehqonchilik mahsulotining yarmidan koʻprogʻini donli ekinlar beradi. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, oq joʻxori, tariq va sholidan yaxshi hosil olinadi. Kartoshka, qand lavlagi, pomidor, paxta, dukkaklilar ham yetishtiriladi; tokzorlar, zaytunzorlar, sitruszorlar koʻp. Jami yer fondining 28% (12,5 mln.ga)ni yaylov va oʻtloklar, 12% ni oʻrmon va butazorlar tashkil etadi. Barcha haydaladigan yerlarning 95% mamlakat shim.da joylashgan. Mayda falloh xoʻjaliklari bilan bir katorda yirik mexanizatsiyalashgan serdaromad hoʻjaliklar ham mavjud. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, tuya boqiladi. Baliqchilik va parrandachilik rivojlangan. Oʻrmonlarda poʻkakli dub qobigʻi va evkalipt yogʻochi, palma bargi tayyorlanadi.
 
=== Sanoati ===
M.ningMarokashning ishlab chiqarish sanoatida iktisodiy faol aholining 23% band. M.daMarokashda dunyodagi fosfat xom ashyosi zaxiralarining 70% joylashgan. Uni qazib olish sohasida M.Marokash dunyoda 3-oʻrinda, eksport qilish jihatidan 1 -oʻrinda turadi. Marokash sanoatining toʻqimachilik, koʻnchilik, kimyo, neft kimyosi, farmatsevtika va sement sanoati tarmoqlari durust rivojlangan. Bu soha milliy xom ashyo zaxiralaridan unumli foydalanish maqsadida, asosan, eksport uchun tayyor va chala mahsulot ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan. Yangi qurilgan oʻnlab korxonalar sanoatning tarkibiy tarmoqlari qiyofasini ancha oʻzgartirib yubordi. Mamlakatda kazib olinadigan fosfarit negizida kimyo sanoati rivoj topdi, qand va sement zavodlari, rangli metallurgiya korxonalari barpo etildi. Yiliga oʻrtacha 9,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. 70-yillarning oʻrtalaridan boshlab chetdan keltiriladigan xom ashyo, chala tayyor mahsulot va asbob-uskunalardan foydalanuvchi korxonalar ham qurildi. Gazlama va kiyim-kechak, avtomobil va elektron sanoati uchun qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar shu jumlaga kiradi. Hunarmandchilik sohasi iqtisodiyotda muhim oʻrin egallaydi.
 
Oziq-ovqat va toʻqimachilik ishlab chiqarish sanoatining eng yirik tarmoqlaridir. Unda baliq, sabzavot, meva konservalash, un-yorma, qand-shakar, sut zavodlari bor. Toʻqimachilik sanoati tarkibidagi korxonalarning aksariyat qismi mayda va oʻrta f-kalardan iborat. Fos shahrida yirik toʻqimachilik k-ti qurilgan. Rabotda va koʻhna shaharlarda hunarmandlar koʻproq gilamdoʻzlik bilan shu-gʻullanadi.
Qator 44 ⟶ 43:
Ogʻir sanoatning muhim tarmogʻi boʻlmish kimyo sanoati, asosan, fosfat xom ashyosini qayta ishlash bilan shugʻullanadi. Fosfor kislota va kimyoviy oʻgʻit olish uchun Safi yaqinida qurilgan kimyo zavodlari yiliga 4 mln. t dan ortiq fosforitni qayta ishlaydi. Bo-shqa tarmoqlardan Muhammadiya va Sidi-Krsimdagi neftni qayta ishlash zavodlari va boshqa shaharlardagi 9 ta sement zavodi (eng yirigi Kasablankada), 7 ta metall ishlash va avtoyigʻuv zavodini koʻrsatib oʻtish mumkin. Nadordagi poʻlat prokat sexi, asosan, armatura ishlab chiqaradi. Chet el sayyoxligi rivojlangan.
 
Mamlakat ichkarisida yuk tashishda temir yoʻl asosiy rol oʻynaydi. 2000 km t.yildan 867 km elektrlashtirilgan. Asosiy temir yoʻl magistrali Marokash—Kasablanka — Rabot — Fos — Vujda M.ningMarokashning garbiy va sharqiy qismlarini Jazo-ir va Tunis bilan tutashiradi. Avtomobil yoʻllari uz. 60 ming km. M.daMarokashda 27 aerodrom bor, shundan 10 tasi xalqaro toifadagi aeroportdir. Tashki savdo yuklarining 95% dengiz orqali tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 586 ming t dedveyt. Asosiy dengiz portlari: Kasablanka, Safi, Muhammadiya, Agʻodir, Tanjer.
 
M.Marokash chetga, asosan, sanoat va qishloq xoʻjaligi xom ashyosi — fosforit, rangli metall rudalari, sitrus meva, baliq va uning konservasi, sabzavot, meva va ularning konservasi, fosfor kislota, oʻgʻit, poʻkak, kalava ip, jun, teri, goʻsht va boshqa chiqaradi. Chetdan neft, oziq-ovqat, sanoat asbobuskunalari, isteʼmol bu-yumlari, kimyoviy mahsulotlar, gʻalla, qand-shakar keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Fransiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Ispaniya, Rossiya, Germaniya, Italiya. Pul birligi — M.Marokash dirhami.
 
== Tibbiy xizmati ==
Qator 52 ⟶ 51:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
859 yil Fosda Afrikada birinchi musulmon unti ochilgan. Mamlakatda musulmon diniy maktablari boʻlgan. Fransuzlar hukmronligi davrida (1912 yildan) davlat dunyoviy maktablarining 2 turi (yevropaliklar va mahalliy aholi uchun) bor edi. 1956 yil mustaqillik eʼlon qilingan paytda bolalarning 17% maktabga qatnagan. Mustaqillikka erishilgach, maorifni rivojlantirish, milliy mutaxassislar tayyorlash, savodsizlikni tugatish choralari kurila boshladi. 1963 yilda bolalarni 6—7 yoshdan 13—14 yoshgacha majburiy oʻqitish haqida qonun qabul qilindi. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 5 yil, oʻrta maktabda 7 yil Oliy oʻquv yurtlari: Rabotda Muhammad V nomidagi universitet (1957), Fos shahrida Karauin nomidagi musulmon unti (859),Muhammad bin Abdulloh nomidagi universitet (1973), Kasablankada Hasan II nomidagi universitet (1975), 12 ta institut va kollej, Kasablanka va Titvonda nafis sanʼat maktabi, Kasablankada tibbiyot maktabi. Ilmiy muassasalari: Rabotda Sharif ilmiy instituti, agronomiya tadqiqotlari milliy instituti, Muhammad V nomidagi universitet huzurida i. t. markazi, M.Marokash geogr. milliy qoʻmitasi, Milliy gigiyena instituti (Rabotda), Okeanografiya instituti (Kasablankada), bir qancha ilmiy jamiyatlar. 1977 yil Qirollik akademiyasi tashkil etilgan. Kasablankada Munitsipal kutubxona, Rabotda markaziy kutubxona arxivi bilan, universitetlarning kutubxonalari, Tanjer, Fos, Titvon shaharlarida kutubxonalar bor. Rabotda antik sanʼat va arxeologiya muzeyi, Fosda qurol-yarogʻ muzeyi, Titvonda arxeologiya, sanʼat va folklar muzeyi, Kasablanka va Tanjerda muzeylar mavjud.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.daMarokashda 20 ga yaqin gaz.gazeta va bir kancha jur. nashr etiladi. Eng yiriklari: "Al-Alam" ("Bayroq", arab tilida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1946 yildan), "Al-Anba" ("Xabarlar", arab tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz.gazeta, 1971 yildan), "Al-Bayon" (arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1972 yildan), "Ad-Demokrati" ("Demokrat", arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1982 yildan), "Al-Magʻrib" ("Gʻarb", fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1977 yildan), "Opinon" ("Fikr", fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1965 yildan), "Risolat alUmma" ("Millat risolasi", arab tilida chiqadigan kundalik gaz.gazeta, 1983 yildan), "Lyam alif" (fransuz tilida chiqadigan oylik jur., 1966 yildan). Magʻrib Arab Press — MAP — xukumat axborot agentligi 1959 yilda tuzilgan. M.Marokash radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi, hukumat mahkamasi. Radioeshittirishlar arab, ingliz, fransuz tillarida olib boriladi.
 
== Adabiyoti ==
M.daMarokashda adabiy asarlar arab, barbar, fransuz tillarida yaratilib keldi. Mumtoz arab tilidagi adabiyot umumiy arab adabiyoti yoʻlidan, ayniqsa, Ispaniya (Andalusiya) arab adabiyoti taʼsirida rivojlandi. Mahalliy arab laxjasidagi va barbar tilidagi xalq ogʻzaki ijodiyoti, ayniqsa, diqqatga sazovor. 12—14-asrlar sheʼriyatida siyosiy hajviya asosiy oʻrinni egalladi (Ibn Xobbus, Ibn Habbaza, Ibn al-Muraxxal, Ibn Ru-shayd kabi shoirlar). Nasrda koʻproq tarixiy mavzuda va uzok, mamlakatlarga sayohat qilgan sayyohlar toʻgʻrisida (rixla janrida) asarlar yaratildi (asosiy vakili — Ibn Batuta). 13-asr boshlarida badiiy yilnomalar yaratish anʼanaboʻlib, 19-asrgacha davom etdi. 15— 16-asrlarda M.Marokash adabiyotida koʻproq mash-xur kishilar hayotiga bagʻishlangan asarlar, rivoyatlar vujudga keldi. 16—18-asrlar sheʼriyatida bir tomondan, tasav-vuf lirikasi, ikkinchi tomondan gedonizm (Ibn Zakur ijodida) tarq-aldi. Mumtoz arab sheʼriyati anʼanalari M.Marokash adabiyotida 20-asrning oʻrtalarigacha davom etdi. 16-asrdan boshlab Fosda Andalusiya xalq poeziyasi anʼanalari, Marokash shahri va uning atrofida mahalliy xalq janri (grix) rivojlana boshladi. Xalq sheʼriyati musiqa va kuy bilan mustahkam bogʻlangan.
 
M.ningMarokashning arab va fransuz tillaridagi hozirgi zamon adabiyoti Ikkinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakatining yuksalishi taʼsirida rivojlana boshladi. A. Benjellun ("Bolalikda" va boshqalar) va M. Safriui ("Moʻʼjizalar doʻkoni" va boshqalar) kabi yozuvchilarning asarlarida xalq hayoti mavzui yoritildi. 50-yillarda fransuz tilida yozilgan romanlar salmokli oʻrinni egalladi (M. A. Lahbobiyning "Umid qoʻshiqlari" va "Zulmatdan ziyoga" asarlari). 60-yillar adabiyotida dramaturgiya paydo boʻldi. Arab tilida ham nasriy asarlar yozila boshladi (A. K. Gʻallabning "Yetti eshik", Lahbobiyning "Tashna avlod" va boshqalar). Bu davrda M. adabiyotiga M. Buallu, M. Znibera, A. J. Sximiy, A. Baqqoliy kabi isteʼdodli yoshlar kirib keldi. 1960 yilda yozuvchilar uyushmasi tuzildi. Zamonaviy adiblardan T. Benjellun, M. Xayriddin, M. Sabbogʻ, A. as-Salom, A. Larua, M. Barrada va boshqa mashhur.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
M.Marokash hududida neolit davriga oid koya rasmlari (fil, kiyik, qush tasvirlari), miloddan avvalgi 1ming yillikka mansub aylana tosh qabristonlar, keyinroq ishlangan qizil sirli sopol idishlar saqlangan. Miloddan avvalgi 1-asr— milodiy 3-asrga oid Rim davri shaharlari (Volyubilis, Tamud, Tingis) harobalarida meʼmoriy obidalar, naqsh va haykallar qoldiklari uchraydi. Milod boshlarida barbar sanʼati rivoj topdi. M.Marokash Hududi arab xalifaligiga qoʻshilgach, arab badiiy anʼanalari va uslublari kirib keldi, musulmon meʼmorligi rivojlandi. Oʻrta asrlarda bu oʻlkada minorali, toʻgʻri toʻrtburchakli devor bilan oʻralgan shaharlar vujudga keldi (Miknas, Rabot, Fos), bir necha ibodatxonali gumbazlari muqarnas va sergʻovakli machitlar, saroylar qurildi. Muhim binolar tosh va yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatilgan (Kutubiya machitining mi-norasi, 1184—99), 11 —13-asr larda shaharlar harbiy maqsadlarda mustahkamlandi, qalʼalar qurildi. Binokorlikda tosh, loy, gʻishtdan keng foydalanidsi. 13—14-asr meʼmorligida, ayniqsa, bezakka alohida eʼtibor qilindi, binolar oʻyib naqsh ishlangan marmar, yogʻoch, koshin, sopol va oyna mozaika bilan bezatildi, vitrajlar ishlandi (Tosdagi Katta machit, 12—13-asr, Fosdagi Attarin madrasasi, 1323—25). 16— 17-asr madaniyat yodgorliklari, ayniqsa, nafis va boy bezaklari bilan diqqatga sazovor (Marokash shahridagi maqbaralar majmui, 16-asr 2-yarmi). 19-asrda Fos, Miknas, Marokashda ichki hovlili muhtasham saroylar qurildi. Koʻpgina shaharlarda 1—2 qavatli, ichki hovlili turar joylar 20-asrgacha ham saqlangan. Shaharlardan tashqarida tomi poxol bilan kulohsimon qilib yopilgan, qamish devorlari loy bilan suvalgan uylar koʻp qurilgan.
 
Oʻrta asrlarda M.daMarokashda shoyi, kundal matolar toʻqish, gilamdoʻzlik, kulollik, jezni badiiy ishlash avj olgan. M.Marokash Fransiya taʼsiri ostida boʻlgan yillarda mamlakatda yevropacha kvartallar qurildi. 1950 yillardan M.daMarokashda zamonaviy uylar qurila boshladi. M.Marokash mustaqillikka erishgach (1956), shinam mehmonxonalar, villalar, kasalxonalar, koʻp qavatli turar joylar barpo etildi. Rabot va Kasablanka, ayniqsa, gurkirab rivoj topdi. Mustaqillik yillarida shaharlar bosh reja asosida qayta kurila boshladi. Marokashlik meʼmorlar mahalliy sharoitga moslab, milliy anʼanalar ruhida ishlagan loyihalar asosida turar joylar, jamoat binolari, sanoat inshootlari keng koʻlamda qurila boshladi. M.Marokash uchun yangilik boʻlgan tasviriy sanʼat rivoj topdi (E. Azaguri, J. F. Zevako kabi meʼmorlar, M. A. Idrisiy, M. Ammar kabi rassomlar, haykaltarosh X. bin Saloh ijodi diqqatga sazovor). Rabot, Kasablanka shaharlarida amaliy sanʼat ustalarining shirkatlari tashkil qilingan. Gilamdoʻzlik, charmni kashta bilan bezash sanʼati rivoj topgan, zargarlik, kandakorlik, mis idish va buyumlarni qadama naqsh bilan bezash sanʼati ham keng tarqalgan.
 
Musiqasi barbar va arab madaniyatlaryning oʻzaro taʼsirida rivojlangan. Asl barbar musiqa sanʼati namunalari M.Marokash qishloklaridagina saqlanib qolgan. Musiqa sheʼriyat va raqs bilan uzviy bogʻlangan. Qoʻshiq bilan ijro etiladigan ommaviy raqslar keng tarqalgan. M.ningMarokashning shim.-sharqida yashaydigan barbarlarda axidu va jan.-gʻarbda yashaydigan barbarlarda axuax musiqiy uslublari shakllangan. Axidu kuylari ixcham diapazonli, xromatizmga boy, axuax kuylari yevropacha anʼanalarga yaqin, diapazoni keng . Barbarlarning musiqiy asboblari: kasba (nay), arxanim, bendir, tarija, skripka va boshqalarlardan iborat.
 
Arab musiqa sanʼati turli-tuman boʻlib, arab mumtoz (aloʼ va samoʼ) va xalq (grix) musiqalarini oʻz ichiga oladi. Aloʼ va samoʼ kuylari baʼzan birbiriga yaqin boʻlsa ham, lekin mat-nda ular keskin farq qiladi. Aloʼ — dunyoviy, saroy sanʼati boʻlib, asosini mumtoz arab sheʼriyati tashkil etadi. Samoʼ — diniy mazmundagi madhiya, mavlud, qasidalardir. Oddiy kishilar qoʻshiqlari — grixlar qiroatga asoslangan. Musiqa asboblaridan ud, lira, rubob, mizmor va boshqa tarqalgan. Xalq ijodida zikr katta urin egallagan. Maqamlarning oʻziga xos magʻribcha uslubi shakllangan. Kompozitorlardan M. Benis, A. Auatif, M. Shakruniy, sozanda (qonun) va musiqashunos S. Sha-rqiySharqiy mashhur. M.daMarokashda Milliy musiqa, raqs va drama sanʼati konservatoriyasi (Rabotda), Milliy musika va rake maktabi (Titvonda) ishlaydi. 1960 yildan M.daMarokashda har yili milliy musiqa festivali oʻtkaziladi.
 
== Teatri ==
M.Marokash teatr sanʼati xalq marosimlari, rasmrusumlari va oʻyinlari asosida vujudga kelgan. 12-asrdan soya va qoʻgʻirchoq teatrlari, xonanda, sozanda, raqqos va jonglyorlardan iborat sayyor aktyorlarning tomoshalari urf boʻldi. 19-asr oxirlarida miyerlik va suriyalik truppalar gastrol bera boshladi. Fransuz va ispan hukmronligi davri (1912—56)da xususiy uylardagi xonaki sahnalarda koʻpgina tomoshalar qoʻyildi. Baʼzi havaskor aktyorlar Yevropada taʼlim olib keldilar. 1923 yil Fosda uyushgan truppa 1929 yilgacha (rahbari dramaturg va rej. Abdulla bin Shakrun) xaloyiq oldida tomosha koʻrsatdi. Shu shaharda Malikul Fosiy va Abdulvahob Shaviy boshchiligidagi truppalar ishladi, Sale, Tanjerda ham kichik truppalar tuzildi. 1956 yildan keyin teatr sanʼati rivojida yangi bosqich boshlandi. Kasablankadagi (Toyib Saddiqining Munitsipal teatri) va Rabotdagi (Ahmad Badri boshchiligidagi Milliy teatri) yetakchi teatrlarda Yevropa, arab dramaturglarining asarlari sahnalashtirildi. 1961 yil radiola birinchi professional truppa tashkil topdi. M.daMarokashda 100 dan ortiq havaskorlik teatrlari mavjud. 1960 yildan Marokash shahrida M.Marokash sanʼati festivallari oʻtkazildi. 1959 yil Rabotda ochilgan Drama sanʼati markazida aktyorlar va sahna xodimlari ham tayyo-rlanadi. 1962 yildan Musiqa, raqs va drama sanʼati milliy konservatoriyasi ishlay boshladi.
 
== Kinosi ==
Dastlabki hujjatli filmlarni fransuz operatorlari 1897 yilda yaratishdi. 1919—54 yillarda fransuz rej.lari, asosan, sharq afsonalari asosida 50 ga yaqin toʻla metrajli badiiy filmni suratga oldilar. 1944 yil M.Marokash kinomarkazi tashkil etildi va birinchi "Sussi" kinostudiyasi qurildi. Mustaqillikdan keyin hujjatli va badiiy filmlar chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 1958 yildan muntazam "Marokash yangiligi" kinojur. chiqa boshladi. 1968—70 yillarda Kasablanka yaqinida "AynShoke" studiyasi tashkil etildi. 80—90 yillarda rej. A. Maanuni, M.Marokash Reggab, S. Bin Barka, F. Burkia ijtimoiy mavzuda filmlar yaratdilar. "Izlar", "Bahor quyoshi", "Kunlar, kunlar", "Neft urushi boʻlmaydi" filmlari shu jumlaga kiradi. Yiliga 450 ta xorijiy (asosan, Fransiya, Italiya, Hindistondan) filmlar sotib olinadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->