Bazel: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a. → -asr (3) using AWB
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Bazel''' — [[Shveysariya|Shveysariyaning]] shim. chekkasidagi shahar, Bazel-Shtadt yarim kantonining maʼmuriy markazi. [[Fransiya]][[Germaniya|GFR]] chegarasi yaqinida, Reyn daryosidagi port. Aholisi 170 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 360 ming), koʻpchiligi nemis tilida soʻzlashadi. B. kattaligi jihatdan mamlakatda 2-oʻrindagi shahar. Xalqaro aeroport bor. Yirik savdo, moliya va sanoat hamda madaniyat markazi. Kimyo, poligrafiya, mashinasozlik, qurilish va metallsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. B.da har yili yarmarka oʻtkaziladi. Xalqaro bank joylashgan. Un-t(1460 y.dan), tarix va etnografiya muzeyi bor. Dastlab 374 y.da Baziliya deb qayd etilgan. 1501 y.dan Shveysariya konfederatsiyasi tarkibida. 15-asr oxiri, 16-asrda Yevropadagi savdo, kredit operatsiyalari, hunarmandchilik markazlaridan biri boʻlgan. 1833 y.da mustaqil yarim kanton huquqini qoʻlga kiritgan. 11 — 19-asr larasrlar meʼmoriy yodgorliklari: roman-gotika sobori (1185 — 1200), ratusha (1504 — 1608) saqlangan.
 
== Adabiyotlar ==