Kserofitlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k kichik o'zgarishlar using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Kserofitlar''' ([[yunon tili|yun.]] xeros — quruq, phyton — oʻsimlik) — quruq (suvsiz) yerdarda oʻsadigan [[oʻsimliklar]]. Qator belgi va xususiyatlari (q.qarang [[Kseromorfizm]]) tufayli issiqlik va suvsizlikka chidamli oʻsimliklar. K. ekologik va fiziologik xususiyatlariga koʻra bir necha guruhlarga boʻlinadi.
 
[[Sukkulentlar]] — tanasida suv toʻplaydigan, protrplazmasining yopishqoqligi va hujayralarida koʻp miqdorda suv saqlanishi tufayli issiqqa chidamli, lekin suvsizlikka chidamsiz oʻsimliklar (aganalar, kaktuslar, aiios). Gemikserofitlar — suvsizlikka uzoq chidash berolmaydigan, lekin yer osti suvlariga yetadigan ildiz sistemasining boʻlishi, tanasidan suv bugʻlanishi va moddalar almashinuvi jarayonlarining jadal kechishi tufayli issiqlikka chidamli oʻsimliklar (yantoq, otquloq). Evkserofitlar — hujayra protoplazmasi juda quyuq boʻlishi, moddalar almashinuvi sekin borishi tufayli suvsizlik va issiqlikka chidamli oʻsimliklar (shuvoqlarning ayrim turlari). Poykilokserofitlar — suv tanqisligida anabioz holatga oʻtuvchi oʻsimliklar (ayrim tropik va subtropik oʻsimliklar).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>