Meʼda: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Meʼda''', oshqozon — ovqat hazm qilish sistemasining kengaygan qismi (q.qarang [[Ovqat hazm silish sistemasi]]). M.da ovqat saqlanadi, maydalanadi va qisman hazm boʻladi (q.qarang [[Ovqat hazm kilish]]). M. ichakning oldingi ixtisoslashgan qismi sifatida birinchi marta ayrim boʻshliqichlilar, yassi chuvalchanglar va xalqali chuvalchanglarda paydo boʻladi (q.qarang [[Ichak]]). Umurtqali hayvonlarda M. ichakning oldingi kengaygan qismi hisoblanadi. Biroq yumaloqogʻizlilarda va ayrim baliqlap"^ M. ixtisoslashmagan, koʻpchilik baliqlarda qiziloʻngach va ichakdan aniq ajralmagan. Suvda va quruklikda yashovchilarda M. hazm qilish sistemasining boshqa qismlaridan aniq ajralgan. Qushlar M.si mustaqil bezli va muskulli boʻlimdan iborat. Sut emizuvchilar M.si murakkab tuzilgan boʻlib, kirish va chiqish qismi hamda M. tubi va tanasidan tashkil topgan. Koʻpchilik kavshovchi sut emizuvchilar M.si 4 boʻlma: katta qorin, toʻrqorin, qatqorin va shirdondan iborat. Ayrim kitlar M.si 5 va 6 boʻlmali boʻladi. Bezli qavatning tuzilishiga koʻra, bezli yoki ichak ti-pidagi (odam, mushuklar, itlar), qiziloʻngach (yexidna, oʻrdakburun) hamda aralash, yaʼni qiziloʻngach-ichak (otlar, choʻchqalarda) tipidagi M. farq qilinadi. Koʻpchilik sut emizuvchilarda M. bezlari ixtisoslashgan boʻladi.
 
Odamda M. qorin boʻshligʻida joylashgan boʻlib, shakli loviyaga oʻxshaydi. Uning koʻproq qismi chap tomondagi qovurgʻa osti sohasida, ozroq qismi esa qorin boʻshligʻi tepa boʻlagining oʻrtasida turadi. M. tanasining yuqori qismi (tubi) kengaygan va diafragmaga qaragan. M.dan chiqish qism (pilorus) qorinning oʻrta chizigʻi orqasidan oʻngga oʻtadi. M.ning kirish qismi qiziloʻngachdan boshlansa, chiqish qismi 12 barmoq ichakka qoʻshiladi. Ovqat bilan oʻrtacha toʻlgan M. yuqoridan jigarning pastki yuzasiga va diafragmaga; pastdan koʻndalangchambar ichak va uning tutqichiga tegib turadi. M.ning botiq chekkasi (kichik qiyshaymasi) oʻngga va yuqoriga, qavariq chekkasi (katta qiyshaymasi) chapga va pastga qaragan. M.dan chapda — taloq, pastda va orqada — meʼda osti bezi bor. M. hamma tomondan qorin pardasi bilan oʻralgan. M. sigʻimi har kimda har xil: yangi tugʻilgan bolada 20—30 ml, oʻrta yoshdagi odamlarda 1—3 l; erkaklar meʼdasi ayollarnikiga nisbatan kattaroq boʻladi.